link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3a/18_Del_b_rv.pdf/page1-275px-18_Del_b_rv.pdf.jpg|left|thumb|275x275px|Radial tezlikdagi 18 Delphini b orbitasining vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi. 18 Delphini b (qisqartirilgan 18 Del b), rasmiy nomi Arion , Delfin yulduzlar turkumida joylashgan va Yerdan taxminan 249 yorugʻlik yili uzoqlikdagi, quyosh tizimidan tashqarida joylashgan sayyoradir.

Sayyoraning aylanish davri 993 kunni tashkil etadi. U sariq gigant yulduz boʻlgan 18 Delphini atrofida aylanadi. Sayyoraning minimal massasi 10,3 M J boʻlib, Bunʼei Sato tomonidan 2008-yil, 19- fevralda kashf etgan.

2014-yil iyul oyida Xalqaro Astronomiya Ittifoqi NameExoWorlds dasturini ishga tushirdi. Bu bizga maʼlum ekzosayyoralar va ularning yulduzlariga tegishli nomlar berish jarayoniNameExoWorlds: An IAU Worldwide Contest to Name Exoplanets and their Host Stars .. Jarayon yangi nomlar uchun jamoatchilik tomonidan takliflar ilgari surish va munosiblariga ovoz berishdan iborat jarayoni . 2015-yil dekabr oyida IAU ushbu sayyora uchun Arion nomini eʼlon qildi Final Results of NameExoWorlds Public Vote Released , International Astronomical Union, 15 December 2015.. Ushbu nom Yaponiyaning Tokusima prefekturasida joylashgan, Jonan oʻrta maktabi ilmiy klubi tomonidan taqdim etilgan. Arion qadimgi Yunonistonda sheʼriyat va musiqa dahosi edi. Afsonaga koʻra, uning hayotini delfinlar („Delphinus“ lotincha „delfin“ degan maʼnoni anglatadi) saqlab qolgan.

Yana qarang

41 Lyncis b Xi Aquilae b

Maʼlumotnomalar

Havolalar

 — lists data about the star. Turkum:Ekzosayyoralarni nomlash Turkum:Ekzosayyora