Vanessa Nuala Kirby (; 1988-yil 18-aprelda, tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. The Crown teleserialidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA sovrindorihttps://24smi.org/celebrity/57081-vanessa-kirbi.html. Pieces of a Woman filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzodhttps://www.kinopoisk.ru/name/2211756/.
Dastlabki yillar Vanessa Kirby 1988-yil 18-aprelda Londonda tugʻilgan. Onasi „Country Living“ jurnalining muharriri, otasi esa urologik jarroh boʻlganhttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-vanessa-kirbi.html. Vanessa Lady Eleanor Holles maktabini, Exeter universitetini va London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasini tamomlaganhttps://www.kinopoisk.ru/name/2211756/.
Karyerasi Kirby aktrisalik faoliyatini „Octagon“, „Royal Court“ va „Qirollik milliy teatri“ kabi bir qancha teatrlarda rollar ijro etishdan boshlagan. U teatrdagi faoliyati davomida William Shakespearening A Midsummer Night's Dream va Tennessee Williamsning A Streetcar Named Desire pyesalariga asoslangan spektakllarda rol oʻynaganhttps://www.kino-teatr.ru/kino/acter/w/euro/413696/works/.
U 2010-yilda Love/Loss filmida suratga tushganhttps://www.kino-teatr.ru/kino/acter/w/euro/413696/works/. 2011-yilda The Hour va Great Expectations kabi teleseriallarning bir necha qismlarida rol oʻynadi. Uning Labyrinth va The Crown seriallaridagi roli unga mashhurlik keltirdihttps://www.kino-teatr.ru/kino/acter/w/euro/413696/works/.
2018-yilda u Tom Cruise bilan birga Mission: Impossible – Fallout filmida rol oʻynadihttps://24smi.org/celebrity/57081-vanessa-kirbi.html.
2020-yil 4-sentabrda 77-Venetsiya kinofestivalida Pieces of a Woman filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Kirby mazkur filmda Martha Weiss rolini gavdalantirgan. Bu roli ortidan u „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Volpi kubogini oldihttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-vanessa-kirbi.html, shuningdek, „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod boʻldihttps://24smi.org/celebrity/57081-vanessa-kirbi.html.
Shaxsiy hayoti Kirby ingliz aktyori Callum Turner bilan uzoq muddatli munosabatda boʻlib, u bilan Queen & Country (2014) filmida rol oʻynagan. 2020-yil fevral oyida juftlik ajralishdihttps://24smi.org/celebrity/57081-vanessa-kirbi.html.
Filmografiyasi Filmlar Yil Nom Rol Izohlar2010Love/LossJane2012The RiseNicolaNoraYosh ayolQisqa metrajli film2013Charlie CountrymanFelicityAbout TimeJoanna2014The ExchangeAyolQisqa metrajli filmInsomniacsJadeQisqa metrajli filmQueen & CountryDawn RohanNational Theatre Live: A Streetcar Named DesireStella KowalskiOff the Page: Devil in the DetailsJessicaQisqa metrajli film2015Jupiter AscendingKatharine DunlevyBone in the ThroatSophieEverestSandy Hill2016GeniusZelda FitzgeraldKill CommandKatherine MillsSen bilan uchrashgunchaAlicia Dewares2018Mission: Impossible – Fallout Alanna Mitsopolis / White Widow2019Mr Jones Ada Brooks Fast & Furious Presents: Hobbs & Shaw Hattie Shaw2020 Pieces of a Woman Martha Weiss The World to Come Tallie 2021 Italian Studies Alina Reynolds 2022 The Son Beth 2023 Uddalab boʻlmas topshiriq: Halokatli badal Alanna Mitsopolis / White Widow Post-production Napoleon Empress Josephine Post-production 2024 Mission: Impossible – Dead Reckoning Part Two Alanna Mitsopolis / White Widow
Teleseriallar Yil Nom Rol Izohlar 2011 The Hour Ruth Elms 3 qism Great Expectations Estella Havisham Mini-serial; 3 qism 2012 Labyrinth Alice Tanner Mini-serial; 2 qism 2013 Agatha Christie's Poirot Celia Ravenscroft Qism: „Elephants Can Remember“ 2015The Dresser Irene Televizion film The Frankenstein Chronicles Lady Jemima Hervey Bosh rol; 7 qism 2016-2017 2022 The Crown Malika Margaret Bosh rol (1—2-fasl)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:18-aprelda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar