Zaraah Clover Abrahams (1987-yil 7-yanvarda tugʻilgan) – angliyalik aktrisa. U 2003-yildan 2005-yilgacha Girls in Love filmidagi Magda roli, 2008-yildan 2010-yilgacha BBC maktab haqidagi Waterloo Road nomli drama serialidagi Michaela White va 2005-yildan 2007-yilgacha ITV seriali Coronation Streetdagi Joan Jekson rollari bilan tanilgan. Keyinchalik, u ITV da efir yuzini koʻrgan Dancing on Ice iqtidorlar shousining uchinchi seriyasida ishtirok etadi va keyinroq 2014-yilda All Star seriali ishtirokchisi sifatida qaytadi. 2020-yilda Abrahams Chelsea Fox rolida EastEnders aktyorlari tarkibiga qoʻshiladi.

Yoshligi Abrahams Londonning Lambeth tumanidagi kasalxonada tugʻilgan, onasi tomonidan iroqlik va barbadoslik, otasi tomonidan esa yamaykalikdir. U Janubiy Londonning Brixton shahrida oʻsib ulgʻaygan va 3 aka-ukaning eng kattasidir. Aktrisa oʻrta maʼlumot uchun Italia Conti teatr sanʼati akademiyasida oʻqigan va u yerda hali tahsil olish davomida Jacqueline Wilsonning Girls in Love serialidagi Magda rolini ijro etgan. U 17 yoshida Coronation Streetda Joanne Jackson rolini oʻynaganidan keyin Manchesterda aktyorlik karyerasini davom ettirish uchun Londonni tark etadi.

Faoliyati Dastavval, Abrahams CITVning Girls in Love shousida Magda rolini va ITV efirga uzatgan Coronation Street teleserialida Joanne Jackson rolini oʻynagan. 2008-yilda u talaba Michaela White obrazini takrorlangan holda Waterloo Road filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Uning qahramoni 2009-yilda toʻrtinchi mavsum uchun asosiy tarkibning bir qismiga aylandi va 2010-yilda beshinchi mavsumning oxirigi chiqishigacha shouda qoladiHudson, Rykesha (16 May 2015). „Zaraah Abrahams: Spike Lee said I could be next Halle Berry“ . The Voice. Retrieved 30 July 2020..

U 2013-yilda HBO telekanalining Black Girl in Paris qisqa metrajli filmida rol oʻynagan va yilning eng yaxshi qisqa metrajli filmi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan handa u yerda uni Spike Lee bilan uchrashib qolgan. 2014-yilda Lee uni Hollywooddagi birinchi filmi boʻlgan Ganja & Hess hamda Da Sweet Blood of Jesus filmida Ganja Hightower ayol bosh rolini ijro etgan. 2015-yilda Abrams New York shahriga Amerika teledasturi The Knickda suratga tushish uchun koʻchib oʻtadi.

Filmografiyasi YilSarlavhaRolNotes2003-2005Girls in LoveMagdaBosh rol; 27ta epizod2005-2007Coronation StreetJoanne JacksonDoimiy rol; 214ta epizod2008-2010Waterloo RoadMichaela WhiteDoimiy rol; 38ta epizod2008, 2014Dancing on IceOʻziTanlov ishtirokchisi; 3-oʻrin2009Hole In The WallOʻziMusobaqa ishtirokchisi2010EastEnders: E20Chelsea Fox1-mavsum, 12ta epizod2011Waterloo Road ReunitedMichaela WhiteVeb serial; 6ta epizod2012Payback SeasonClarissaFilm2012Scott & BaileyDaysha Kaye1ta epizod2012BedlamLauraEpizod: „The Long Drop“2013Black Girl in ParisLuceQisqa metrajli film2013-2015Secret DealersHikoyachiOʻyin shou2014Da Sweet Blood of JesusGanja HightowerFilm2014Holby CityAlisa ColeEpizod: „Captive“2015The KnickOpal Edwards2-mavsum2020-presentEastEndersChelsea FoxDoimiy rol2021The BayDS Emma Ryan2ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalari YilMarosimMukofotNomzodNatijaHavl.2021Inside Soap AwardsBest NewcomerEastEnders 2022The British Soap AwardsBest Leading Performer National Television AwardsSerial Drama Performance Inside Soap AwardsBest Actress

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar