Valentin Sergeevich Shashkov (1962-yil 1-iyul) — sovet, oʻzbek va tojik futbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻynagan. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasida oʻyinchisi.
Hayoti Oʻzbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Valentin Sergeyevich Toshkent viloyatining Toʻytepa shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.
1980-yilda birinchi ligadagi „Buston“ (Jizzax) klubida kattalar safida oʻynay boshlagan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston SSR sharafini himoya qilib, , jumladan, „Yangiyer“, „Shahrixonchi“, „Zarafshon“, „Soʻgʻdiyona“, „Sohibkor“ kabi ikkinchi liga jamoalarida toʻp surdi. Umuman olganda, u SSSRning ikkinchi va quyi ligalarida 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1983-yilda oliy liganing juftliklar oʻrtasidagi chempionatida „Paxtakor“ dubli uchun 8 ta oʻyin oʻtkazdi.
1993-yilda „Shifokor“ (Guliston) safida Oʻzbekiston oliy ligasida maydonga tushib, 6ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan. Keyingi yili u „Paxtakor“ (Proletarsk) tarkibida Tojikiston chempionatida oʻynadi, chempionatning bronza medali sohibiga aylandi va 24 gol bilan toʻpurarlar bahsida uchinchi oʻrinni egalladi. 1995-yilda Rossiya uchinchi ligasida „Shaxtyor“ („Shaxt“) tarkibida oʻynagan.
1994-yil aprel oyida Toshkentdaboʻlib oʻtgan xalqaro turnirda Tojikiston terma jamoasi safida toʻp surgan. Debyut oʻyini 1994-yil 11-aprelda Qozogʻistonga qarshi oʻtkazganТаджикистан 0 : 1 Казахстан. Umumiy hisobda 4 ta oʻyin oʻtkazgan va Oʻzbekistondarvozasiga – 1994-yil 17-aprelda bitta gol urgan (1:1)Узбекистан 1 : 1 Таджикистан.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Toshkentda istiqomat qilmoqda. U Oʻzbekiston oliy divizioni oʻyinlarida yon hakamiСудьи 17-тура…, keyinchalik esa oʻyin inspektoriПро-лига: назначены ответственные лица на матчи 16-го тура boʻlib faoliyatini davom ettirgan.
Manbalar
Havolalar
Профиль на сайте FootballFacts.ru
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:1-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Binokor Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari