link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fd/M2_Bradley_Infantry_Fighting_Vehicles_in_Northeast_Syria_2020.jpg/280px-M2_Bradley_Infantry_Fighting_Vehicles_in_Northeast_Syria_2020.jpg|thumb|280x280px Birlashgan qoʻshma operativ guruh — „Oʻzgarmas qaror“ operatsiyasi () — AQSh boshchiligidagi 30 dan ortiq mamlakatlarni oʻz ichiga olgan IShIDga qarshi kurash boʻyicha xalqaro koalitsiya tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi organ.

Tarixi BQOG-OʻQO 2014-yilning yozida IShIDga qarshi urushda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun AQSh Markaziy qoʻmondonligi tomonidan yaratilgan. Guruh doirasidagi birinchi konferensiya 2014-yil dekabr oyining birinchi haftasida boʻlib oʻtdi. Olti yillik qizg‘in faoliyat davomida operatsiya doirasida 12 mingdan ortiq iroqlik harbiy xizmatchilar o‘qitildi, Iroqning 28 brigadasi IShIDga qarshi kurash uchun asbob-uskunalar oldi, 4 million aholi xalifa Bagʻdodiy boshchiligidagi terrorchi jangarilar hukmronligidan ozod qilindi, Iroqning oʻzida 55.000 kvadrat kilometrdan koʻproq maydon ozod qilingan. Shuningdek, aksilterror koalitsiyasining havo hujumlari paytida yoʻq qilingan 45 000 dan ortiq nishonlar topildi.

Tinch qurbonlari 2019-yil aprel oyida Amnesty International xalqaro nohukumat tashkiloti Rakka uchun to‘rt oylik janglarda 1600 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lganini maʼlum qildi. AQSh hukumati boshqa raqamlarni keltiradi: tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, 1291 kishi Amerika zarbalari qurboni boʻlgan.

Boshqaruv 2019-yil sentabr oyida tezkor guruhga AQSh armiyasi general-leytenanti Robert Uayt boshchilik qiladi. Uning ikkita oʻrinbosari bor — strategik rejalashtirishga mas’ul boʻlgan britaniyalik general-mayor Jerald Striklend va razvedka bilan shugʻullanuvchi AQSh harbiy-havo kuchlari general-mayori Aleks Grinkevich.

2020-yil yanvar oyida Robert Uayt Twitter orqali rasmiy bayonot berdi va u yerda koalitsiyaning ustuvor yoʻnalishi IShIDga qarshi kurash boʻlib qolishini taʼkidladi. 2020-yil avgustiga kelib, terrorchi xalifalikka bay’at bergan jangarilar soni 10 000 ga kamaydi.

Qoʻshin komandirlari № Ism(hayot yillari) Portret Unvoni Qoʻshin turi Vakolat muddati Kirishgan Chiqib ketgan 1 Jeyms Terri(1957-yilda tugʻilgan)link=Fayl:LTGJamesTerry.jpg|border|213x213px General-leytenant AQSh armiyasi 2014 yil yozi 2015-yil yozi 2 Shon Makfarlend(1959-yida tugʻilgan)link=Fayl:Lt._Gen._Sean_B._MacFarland.jpg|border|212x212px General-leytenant AQSh armiyasi 2015-yil yozi 2016-yil yozi 3 Stiven Taunsend(1959-yilda tugʻilgan)link=Fayl:LTG_Stephen_Townsend_OCP.jpg|border|213x213px General-leytenant AQSh armiyas 2016-yil yozi2017-yil yozi 4 Pol Funk II(1962-yilda tugʻilgan)link=Fayl:Lt._Gen._Paul_E._Funk_II.jpg|border|212x212px General-leytenant AQSh armiyasi2017-yil yozi2018-yil yozi 5 Pol La Kamera(1963-yilda tugʻilgan)link=Fayl:Lt._Gen._Paul_J._LaCamera.jpg|border|213x213px General-leytenant AQSh armiyasi2018-yil yozi2019-yil yozi 6 Robert Uayt(1963-yilda tugʻilgan)link=Fayl:Lt. Gen. Robert P. White.jpg|border|213x213px General-leytenant AQSh armiyasi2019-yil yozi2020-yil yozi 7 Pol Kalvertlink=Fayl:Lt._Gen._Paul_T._Calvert.jpg|border|212x212px General-leytenant AQSh armiyasi2020-yil yozi2021-yil yozi 8 Jon Brennanlink=Fayl:John_W._Brennan,_Jr._(3).png|border|211x211px General-mayor AQSh armiyasi2021-yil yozi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining maxsus vakillari № Ism(hayot yillari) Portret Unvoni Qoʻshin turi Vakolat muddati Kirishgan Chiqib ketgan 1 Jon Allen(1953-yilda tugʻilgan)link=Fayl:General_John_R._Allen.jpg|border|213x213px General Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusi 2014-yil kuzi 2015-yil kuzi 2 Brett MakGurk(1973-yilda tugʻilgan)link=Fayl:Brett_H._McGurk_(2).jpg|border|238x238px diplomat AQSh Davlat departamenti 2015-yil kuzi 2019-yil bahori 3 Jeyms Jeffri(1946-yilda tugʻilgan)link=Fayl:James_F_Jeffrey.jpg|border|213x213px diplomat AQSh Davlat departamenti 2019-yil bahori 2020-yil kuzi 4 Natan Sales(1970-yilda tugʻilgan)link=Fayl:Nathan_A._Sales_official_photo.jpg|border|211x211px yurist AQSh Davlat departamenti 2020-yil kuzi 2021-yil bahori 5 Jon Kirbi(1963-yilda tugʻilgan)link=Fayl:John_F._Kirby_official_photo.jpg|border|212x212px admiral AQSh Mudofaa vazirligi 2021-yil bahori

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha tashkilotlar