Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilgan, Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.
Yoshligi Camavinga 2002-yilda Angolaning Kabinda shahridagi qochqinlar lagerida kongolik er-xotindan dunyoga kelgan. Uning beshta ukasi bor. Ikki yoshida oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Ular Fujerga koʻchib oʻtishadi, Camavinga shu yerda voyaga yetadi. U bir muddat dzyudo bilan shugʻullangan, keyinchalik faqat futbolga eʼtibor qaratish uchun mashgʻulotlarni tark etgan. 2013-yilda Kamavingalarning uyi yonib, oilaning koʻp mol-mulki vayron boʻlgan; Eduardoning taʼkidlashicha, bu uni futboldagi karyerasini davom ettirishga undagan motivatsiya manbayi boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati
Renn Camavinga 11 yoshida Rennning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2018-yilning 14-dekabrida, 16 yosh-u bir oyligida imzoladi va klubning eng yosh futbolchisiga aylandi. 2019-yilning 6-aprelida Liga 1 doirasida „Anje“ga qarshi 3-3 hisobida yakunlanga oʻyinda „Renn“ safida debyut qildi va 16 yos-hu 6 oyligida „Renn“ning asosiy jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.
2019-yil 18-avgust kuni Kamavinga Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U „Renn“ safidagi ilk golini 2019-yilning 15-dekabrida, „Lion“ga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida (1:0) kiritdi.
2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Renn“ safida „Krasnodar“, "Chelsi" va „Sevilya“ga qarshi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.
Real Madrid 2021-yilning 31-avgust kuni "Real Madrid" Kamavinga bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yil 12-sentyabrda Vigoning „Selta“ klubi ustidan yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va zaxiradan maydonga tushganidan koʻp oʻtmay gol urdi. Uch kundan soʻng, 2021-yil 15-sentabrda u „Real Madrid“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini oʻtkazdi, 80-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi va „Inter“ga qarshi oʻyindagi gʻalaba golida Rodrigoga assistentlik qildi. Kamavinga 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va „Real Madrid“ safida"Liverpul " ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro maydondagi faoliyat 2019-yil 5-noyabrda Kamavinga Fransiya fuqaroligini oldi. Olti kun oʻtib, Matt32eo Guendouzi kattalar jamoasiga chaqirilgandan soʻng, u Gruziya va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda Fransiyaning U21 terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun chaqirildi.
2020-yilning 27-avgustida Pol Pogba COVID-19 testi bilan safdan chiqqanidan keyin Kamavinga Fransiyaning milliy terma jamoasiga chaqiridi. Natijada Rene Jerarddan (1932-yil, 17 yosh) keyin Fransiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylandi, oʻshanda endigina 17 yosh, 9 oy va 17 kunlik edi. 8-sentyabr kuni u UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida NʼGolo Kantening oʻrniga maydonga tushdi. Bu bilan u Moris Gastigerdan (1914-yil) keyin 17 yosh, 9 oy va 29 kunligida Fransiya terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.
2020-yil 7-oktyabrda Kamavinga Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini Ukrainaga qarshi 7:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi va u oʻzining birinchi xalqaro golini urib, tepadan zarbasi bilan hisobni ochdi. Bu uni 1914-yilda Moris Gastigerdan keyin Fransiya terma jamoasi safida eng yosh toʻpurarga aylantirdi
2021-yil 25-iyunda Kamavinga Silven Ripollning 2021-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasining 18 kishilik tarkibiga kiritildi. Ammo keyinroq klubi eʼtiroz bildirgach jamoadan chetlatildi.
Karyera statistikasi
Klublar safida
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Renn B 2018-19 Milliy chempionat 3 13 4 — — — — 13 4 Renn 2018-19 Liga 1 7 0 0 0 0 0 0 0 — 7 0 2019-20 Liga 1 25 1 5 0 1 0 4 0 1 0 36 1 2020-21 Liga 1 35 1 0 0 — 4 0 — 39 1 2021-22 Liga 1 4 0 0 0 — 2 0 — 6 0 Jami 71 2 5 0 1 0 10 0 1 0 88 2 Real Madrid 2021-22 La Liga 26 2 3 0 — 10 0 1 0 40 2 Karyera jami 110 8 8 0 1 0 20 0 2 0 141 8
Xalqaro maydonda
+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Fransiya 2020 3 1 Jami 3 1
Mukofotlar Real Madrid
La Liga : 2021-22 Ispaniya Superkubogi : 2021-22 UEFA Chempionlar Ligasi : 2021-22
Individual
UNFP Liga 1 Oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil avgust IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi: 2020, 2021
Manbalar
Havolalar
Profile Real Madrid CF saytida
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Stade Rennais FC futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar