Geeta Bali (talaffuzi: Gita Bali; tugʻilgandagi ismi: Harkirtan Kaur; 1930-yil 30-noyabr — 1965-yil 21-yanvar) hind tilidagi filmlarda suratga tushgan hind aktrisasi edi.

Yoshlik davri Geeta Bali 1930-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyati, Amritsar shahrida Harikirtan Kaur ismi bilan tugʻilgan. Uning katta opasi Xaridarshan Kaur, qizi esa aktrisa Yogeeta Bali edi.

Faoliyati Geeta Baali oʻzining kino faoliyatini 12 yoshida kichik aktrisasi sifatida „The Cobbler“ filmi bilan boshlagan. U Badnaamida (1946) qahramon sifatida debyut qilgan. 1956-yilda Getta Bali Badnaami filmida qahramon sifatida, 1948-yilda Sohag Raat filmida Bharat Bhushan bilan birgalikda va 1849-yilda Neki Aur Badi filmida Madhubala bilan sheriklikda suratga tushgan. Bu ketma-ket chiqarilgan filmlar tomoshabinlar eʼtiborini tortgan.

Bali 1950-yillarda yulduzga aylandi. Bundan tashqari, u ilgari oʻzining boʻlajak qaynogʻi Raj Kapoor bilan Bawre Nain (1950) filmida va boʻlajak qaynotasi Prithviraj Kapoor bilan Anand Math filmida suratga tushgan. Kapoorlar oilasiga turmushga chiqqanidan keyin filmlardan voz kechgan boshqa aktrisalardan farqli oʻlaroq, Bali vafotigacha aktrisalik faoliyatini davom ettirdi. Uning soʻnggi filmi 1963-yilda Jab Se Tumhe Dekha Xay edi. Geeta 10 yillik faoliyati davomida 70 dan ortiq filmda suratga tushgan.

Bali Surinder Kapoorga prodyuser boʻlishiga yordam bergan.

Shaxsiy hayoti 1955-yil 23-avgustda Gita Coffee House filmida birga ishlagan Shammi Kapoorga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi bor edi, oʻgʻlining ismi Aditya Raj Kapoor qizining ismi esa Yogeta Baali Kanchan.

Geeta 1965-yil 21-yanvarda 35 yoshida chechakdan vafot etdi.

Filmografiyasi Yil Film Izohlar 1942 The Cobbler 12 yoshda kichik aktrisa 1946 Badnaami Bosh rol sifatida debyuti 1948 Sohag Raat Bharat Bhushan bilan 1949 Neki Aur Badi Madhubala bilan sheriklikda 1949 Dulari Madhubala bilan sheriklikda 1949 Badi Bahen Surayya, Rehman va Pran bilan sheriklikda 1950 Nishana Madhubala bilan sheriklikda 1950 Chhai Sunder ishtirokidagi panjob filmi 1950 Bawre Nain Raj Kapoor bilan 1951 Baazi Dev Anand bilan 1951 Ghayal Sheikh Mukhtar bilan 1951 Albela Bhagvan Dada bilan 1952 Jaal Dev Anand bilan 1952 Raag Rang Ashok Kumar bilan 1952 Anand math Pradeep Kumar bilan 1953 Baaz Guru Dutt bilan 1953 Jhamela Bhagvan Dada bilan 1954 Kashti Dev Anand bilan 1955 Jawab Nosirxon bilan 1955 Vachan Filmfare nominatsiyasi eng yaxshi aktrisa sifatida 1955 Kavi Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa nominatsiyasi 1955 Bara Dari Ajit bilan 1957 Coffee House Shammi Kapur bilan 1958 Jailor Sohrab Modi bilan 1958 Aji Bas Shukriya Suresh bilan 1961 Mr. India IS Johar bilan 1963 Jab Se Tumhe Dekha Xay Oxirgi filmi 1965 Rano Suratga olish toʻxtatilgan

Manbalar

Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1965-yilda vafot etganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar