Mohsen Namju () – eronlik qoʻshiqchi, shoir, bastakor va musiqachi. Uning musiqiy uslubiga blyuz, rok, shuningdek, Eron xalq musiqasi taʼsir koʻrsatadi.
Bolalik va taʼlim Namju 1976-yil 4-martda Eron shimoli-sharqidagi Razaviy Xurosonning Torbat-e Jom shahrida tug‘ilgan. Dinga qattiq qaraladigan shahar Mashhadda oʻsgan. Oʻn ikki yoshidan klassik fors musiqasini oʻrgana boshlagan. Yoshlik chogʻlarida Gʻarb musiqasini tinglashga tutinib, Jim Morrison, Erik Klapton va Kris de Burg kabi musiqachilarga qiziqib qoladi.
1994-yili Tehron sanʼat universitetiga oʻqishga qabul qilingan.
Faoliyat 1997-yil oxiri va 1998-yil boshida Namju oʻzining „Eron sheʼriyati va musiqasining zamonaviy uygʻunligi“ mavzusidagi birinchi ikkita konsertini oʻtkazdi. 2003-yilda Tehronda oʻz asarlaridan baʼzi qismlarni yozib olishni boshladi. Uning „Toranj“ nomli debyut albomi 2007-yil sentyabr oyida Eronda rasman chiqarildi va ilk bor eronliklarning eʼtiborini qozondi. Bu albom 2008-yilda Namjuni muhojirlik hayotiga majburlagan islomiy rejimni haqoratlagan edi.
Qolaversa, u film va spektakllar uchun saundtreklar yozgan. 2010-yilda Namju oʻzining eng mashhur va isyonkor qoʻshiqlari atrofida birlashgan yangi ansambli bilan „A Minor“ gastrolini boshladi. Iyun oyida ular Los-Anjelesdagi (Kaliforniya, AQSh) Uolt Disney konsert zalida chiqish qilishdi. Oktyabr oyida ular Toronto, Ontario, Kanadadagi Sony markazida komsert berishdi. Mohsen Namju, shuningdek, iyun oyida ingliz tilida kuylangan „Such strange times“ qoʻshigʻini omma eʼtiboriga havola etdi.
2011-yilning kuzida Namju oʻzining navbatdagi „Alaki“ albomini Stenford universitetidagi kontsertida jonli ravishda yozib oldi. Ushbu albom uning Stenford Pan Osiyo musiqa festivalidagi chiqishining bir qismi edi. Uning guruhi aʼzolari quyidagilardan iborat edi: Ali Bazyar (Perkussiya), Dina Zarif (bek vokal), Tannaz Jaffari (bek vokal), Serwah Tabbak (bek vokal), Siamack Sanaie (gitara), Mark Deutsch: (bazantar, gitara)
2013-yil oxiridan beri Mohsen Namju Braun Universitetida Yaqin Sharq Tadqiqotlari 2014 loyihasi doirasida Rezidensiyadagi sanʼatkor sifatida ishlaydi. Rezidentlik davrida u bir qator faoliyat bilan shugʻullanadi. 2013-yil 7-dekabrda rezidensiyasini boshlash uchun Granoff ijodiy sanʼat markazida spektakl berdi. 2014-yil bahorida u „Anʼana va isyon: fors va eron musiqasi“ kurslarini oʻtdi, jamoatchilik auditoriyasiga „Shahram Shabpareh: halollik va kichik o‘lchov“ va Eron ritmlari kabi mavzularda bir nechta musiqiy maʼruzalar qildi. 2014-yil bahorgi semestri 10-may oqshomida tomoshabinlar toʻlib-toshgan konsert bilan yakunlandi.
Namju bir nechta filmlarda ham suratga tushgan. U xalqaro kinofestivallarda namoyish etilgan "Sukunat tovushi" (rejissyorlar: Amir Hamz va Mark Lazarz) hujjatli filmida rol ijro etgan. Qolaversa, turli kinofestivallarda qatnashgan "Dafn marosimi uchun bir necha kilogramm xurmo" (rejissyor Saman Saloor) nomli badiiy filmda ham koʻrinish berdi. 2016-yilda Bobak Jalolining „Radiodagi orzular“ badiiy filmida oʻynagan. Uning Ehsan Matoori bastalagan „Begoo be baran“ nomli yangi qoʻshigʻi 2019-yil mart oyida Sheed Records kompaniyasi tomonidan eʼlon qiligan. Ehsan Matoori bastalagan va prodyuserlik qilgan „Phantasm“ nomli yangi albomi 2019-yil 27-aprelda San-Frantsiskoda taqdimot qilindi. 2009-yilda u Eronda Qurʼon mazmunini „mensimagan“ musiqalar yaratgani uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Namju chet elda yashaganligi sababli, hukm ayblanuvchining ishtirokisiz chiqarildi.
Diskografiya thumb|300x300px|
Albomlar
Studiya albomlari
Yil Sarlavha Forscha 2005-yil Damavandدماوند 2006-yil Jabr گیس 2007-yil Toranj ترنج 2008-yil Jabri Jogʻrafiyaiجبرِ جغرافیایی 2009-yil Oy آخ 2011-yil Foydasiz oʻpichlar بوسههای بیهوده 2014-yil Trust the Tangerine Peel از پوست نارنگی مدد 2016-yil Shaxsiy kod صفر شخصی 2018-yil Koʻz yoshlari kamon ipida بر چلّه کمان اشک 2019-yil Fantazm سودای من 2020-yil Ulugʻvor مطنطن 2020-yil Simfonik Odissey سمفونیک اودیسه
Jonli albomlar
Yil Sarlavha Forscha Eslatma 2011-yil Alaki الکی Dekabr oyida 2012-yil 13/8 سیزده/هشت Kuzda 2017-yil Sharqdan ovozlar آوازهایی از شرق Iyul oyida 2017-yil Yolgʻizlik oʻqi مؤلفۀ عزلت Oktabr oyida
Kitoblar
Audio kitoblar
Alkimyogar (Paulo Koelo), Caravan (nashriyot), 2008
Kitoblar
Dorrabe Makhdoosh (2017) Chahar Maghale (2018)
Teatr Jana va Balador (2012 — „Shadowzsda oʻyin“, rejissyor Bahram Beyzay) Arash (2013 — "Oʻqish oʻyini", rejissyor Bahram Beyzay)
Performans
Filadelfiya, AQSh 2014: Mohsen Namju Al-Bustan Takht ansambli bilan Al-Bustan Seeds of Culture konsert seriyasi doirasida chiqish qildi.
Stokgolm, Shvetsiya 2020: Mohsen Namju Stokgolm simfonik orkestri bilan performans ijro etdi.
Yana qarang Fors anʼanaviy musiqa Eronda rok va muqobil musiqa
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar