M&M's () – Mars LLC tomonidan ishlab chiqariladigan shokoladli draje. Dastlab 1941-yilda AQShda yaratilgan va hozirgi kunda 100 dan ortiq mamlakatda sotilmoqda. M&M's nomi kompaniyaning ikki asoschisi familiyalaridan kelib chiqqan boʻlib, „Mars va Murrie's“ () degan maʼnoni anglatadi. M&M's turli ranglardagi drajelardan iborat boʻlib, ularning har birida „M“ harfi bosilgan.
Qoplamali shokolad kontseptsiyasi Ispaniya fuqarolar urushi (1936—1939) paytida askarlarga issiq iqlimda shokoladni eritmasdan olib yurish imkonini bergan usuldan ilhomlanib yaratilgan. Bu esa kompaniyaning eng uzoq davom etgan: „Qoʻlda emas, ogʻizda eriydi“ shiorida aks etgan. Manbalar
Havolalar