Jack Peter Grealish (1995-yil,10-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Liverpool shahrining „Everton“ klubi va Angliya terma jamoasida vinger va hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.

Grealish olti yoshida „Aston Villa“ safiga kelib qoʻshildi va 2014-yilning may oyida Notts Kauntida ijaraga olingandan soʻng klubdagi debyutini oʻtkazdi. 2021-yilda Grealish „Manchester Siti“ ga 100 million funt sterling evaziga transfer qilindi va bu uni eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirdi.

Angliyada tugʻilgan va ajdodlari irlandiyalik boʻlgan Grealish Angliya yoki Irlandiya terma jamoalarida xalqaro miqyosda musobaqalarda ishtirok etishi huquqi berildi va Grealish 2016-yil aprel oyida Angliyada oʻynash qarorini tanladi. Oldin Irlandiya U21 jamoasida toʻp tepgan edi. U birinchi marta 2016-yil may oyida U21 Angliya terma jamoasida oʻynadi va 2016-yilgi Toulon turnirida gʻolib chiqdi.

Yoshlik Grealish Gʻarbiy Midlend shtatining Birmingem shahrida tugʻiladi. Uning bolaligi Solihull shahrida oʻtadi. U Rim-katolik boshlangʻich maktabi va Solihulldagi Avliyo Peter Rim katolik oʻrta maktabida oʻqigan.

U irlandiyalik boʻlib, onasi Dublin okrugidan boʻlgan, otasi Kerri okrugidagi Sneemdan boʻlgan. Grealish 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan Camogie klubida futbol oʻynagan. U Camogie klubida sobiq Aston Villa va hozirgi „Manchester Yunayted“ himoyachisi, maktabdagi sinfdoshi Aoife Mannion bilan raqobatlashdi.

Grealishning ukasi Keelan 2000-yil aprel oyida toʻqqiz oyligida toʻsatdan vafot etdi.

Uning katta bobosi Billi Garraty ham futbolchi boʻlgan, 1905-yilda Aston Villa bilan Angliya kubogi finalida gʻolib chiqqan. thumb|Grealish 2014-yilda „Aston Villa“da oʻynagan thumb| Grealish 2021-yilda „Manchester Siti“ da oʻynaydi

Shaxsiy hayoti 2020-yil mart oyida Grealish hukumatning COVID-19 qoidalariga nisbatan uyda qolish boʻyicha koʻrsatmalarini buzganligi aniqlandi va Aston Villa tomonidan jarimaga tortildi. Grealish Buyuk Britaniyada toʻqqiz oyga mashina haydash huquqidan mahrum qilindi va 2020-yilning mart va oktyabr oylarida ikki marta ehtiyotsizlik bilan haydashda aybdor deb topilib, 82 499 funt sterling miqdorida jarimaga tortildi, kameralarda u yoʻlda burilish paytida toʻxtab turgan bir nechta mashina bilan toʻqnashib ketgani tasvirga olingan.

Oʻyin uslubi Texnik jihatdan iqtidorli oʻyinchi hisoblangan Grealish qanot yarimhimoyachisi (odatda chap qanotda, bu holat unga oʻng oyogʻida ichkariga kesib uzatiladigan passlar imkonini beradi) yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynaydi. „Manchester Siti“dagi faoliyati davomida u vaqti-vaqti bilan bosh murabbiy Pep Gvardiola tomonidan markaziy hujumchi rolida ham oʻynatilgan .

Klub bilan yutuqlari Aston Villa yoshlari

NextGen seriyasi: 2012-13

Aston Villa

EFL chempionati pley-off bosqichi: 2019 Angliya kubogi sohibi: 2014-15 EFL kubogi sohibi: 2019-20

Manchester Siti

Premyer-liga: 2021-22 Toulon turniri: 2016

Angliya

UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrinchisi: 2020

Shaxsiy yutuqlar

FAI 17 yoshgacha boʻlgan irlandiyalik yil oʻyinchi: 2012 FAI 21 yoshgacha boʻlgan irlandiyalik yil oʻyinchi: 2015 Aston Villa mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-15  Yilning PFA jamoasi: 2018-19 chempionati Aston Villa mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2019-20

Manbalar

Havolalar

Jack Grealish Manchester City F. C. saytida Jack Grealish Football Association saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Irlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Notts County F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari