Daisy Shah (1984-yil 25-avgustda tugʻilgan) hind aktrisasi, modeli va raqqosasi boʻlib, u asosan hind va kannada filmlarida suratga tushadi. U xoreograf Ganesh Acharyaning yordamchisi boʻlib ishlagan. Uning birinchi yutugʻi 2011-yilda Kannada filmi Bhadrada bosh rolni oʻynash uchun tanlanganida sodir boʻlgan. Keyin u 2014-yilda Jai Xo hind filmida Salman Khan bilan birga rol ijro etgan 2015-yilda u Hate Story 3 filmidagi aktyorlar tarkibining bir qismi boʻlgan..

Yoshligi Shah Gujarati oilasiga mansub, lekin Maharashtra shtatining Mumbay shahrida tugʻilib oʻsgan. Shah 10-sinfda oʻqiyotganida mahalliy savdo markazida MS Dombivli tanlovida Miss Photogenic mukofotini qoʻlga kiritadi Daisy Shah Mumbaydagi Xalsa kollejida sanʼat boʻyicha tahsil olgan.. Maktab davrlarida u sportga asosan suzishga qiziqqan va turli xil musobaqalarga borib yuqori oʻrinlarni egallab kelgan.

Faoliyati Daisy Shah Zamin and Xakee kabi filmlarda xoreograf Ganesh Acharyaning yordamchisi bo‘lib ishlagan va keyinchalik modellik, fotosessiya va reklama chop etish bilan shug‘ullangan. Kannada rejissyori Xarsha unga Chingari filmida suratga tushishi uchun murojaat qilgan U Bodyguard filmining Kannada versiyasida Ammu rolini ijro etgan. Keyin u kannada tilidagi Bachchan va Bloody Love hind filmlarida ikkita qoʻshiq uchun suratga tushgan.. U, shuningdek, Sunny Deol va Tabu ishtirokidagi Xuda Kasam hind filmida qoʻshiq („Neeli Lugadi“) kuylaydi. 2014-yilda Shakh Salman Khan bilan juftlikda tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli Jai Xo filmida suratga tushadi. U 2018-yilgi Speed 3 filmida Sanjana obrazini tasvirlagan.

Filmografiyasi +Eslatma Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi

Filmlar YilNomRolTil2007PoriNomsizTamil2010Vandae MaatharamOʻziMalayalam/TamilKhuda KasamOʻziHind2011BhadraKavyaKannadaBodyguardAmmu2013GajendraNomsizBloody IsshqOʻziHindBachchanOʻziKannada2014Jai HoRinky ShahHindSparkOʻziHindAakramanaNireekshaKannada2015Hate Story 3Kaya SharmaHind2017RamratanRatanHind2018Race 3Sanjana SinghHind2019Gujarat 11Divya ChauhanGujarati2022Mystery Of TattooTBAHind2023Hate Story 5KavyaHindTBANo Entry Mein EntryTBAHind

Manbalar

Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar