Humo— Toshkent shahridagi O‘zbekiston xokkey klubi. U 2018-yilning oxirida tashkil etilgan. O‘zbekistonda baxt, tinchlik va mehr qushi hisoblangan afsonaviy Humo qushi nomi bilan atalgan.
Mazkur klub o‘yinlarini Toshkentdagi 12500 tomoshabinga mo‘ljallangan „Humo Arena“ muz arenasida o‘tkazadi.
2019-yilgi mavsumda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi qur’asida ishtirok etdi. Muntazam mavsum yakunlariga ko‘ra, u to‘rtta jamoa orasida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi va keyinchalik mavsum g‘olibiga aylangan "Semurg‘" klubiga imkoniyatni boy berdi.
2019-yil iyun oyi boshida „Humo“ xokkey klubining 2019/2020-yilgi mavsumdan OXLdagi ishtiroki eʼlon qilindi. Shu bilan birga, rossiyalik Evgeniy Popixin va latviyalik Normunds Seyyes mos ravishda bosh murabbiy va bosh menejer etib tayinlangani malum qilindi .
KROCh (Qozogʻiston Respublikasi ochiq chempionati)da „Humo-2“ farm-klubi faoliyat ko‘rsatadi .
2019-yil 30-iyul kuni Humo xokkeychilar uchun uy va mehmon liboslarini taqdim etdi . Klubning brendingi Rossiyaning OTVETDESIGN kompaniyasi tomonidan yaratilgan .
Tarixi Klub uchun birinchi xalqaro turnir 2019-yilda o‘tkazilgan Nijniy Novgorod viloyati gubernatori kubogi bo‘ldi. „Humo“ uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Minskning „Dinamo“ jamoasini mag‘lub etib, turnirning bronza medali sohibiga aylandi .
„Humo“ jamoasining OXLdagi birinchi rasmiy o‘yini 2019-yil 11-sentabr kuni „Humo Arena“da bo‘lib o‘tgan „Ryazan“ xokkey klubiga qarshi o‘yin bo‘ldi. O‘yin 5:0 hisobida „Humo“ foydasiga hal bo‘ldi.
Klub 2020/2021 yilgi mavsumni koronavirus tufayli o‘tkazib yubordi. 2021-yilning may oyida klub pandemiya sababli Oliy xokkey ligasida 2021/22 yilgi mavsumni ham qoldirib yuborishi maʼlum bo‘ldi . №XokkeychiMamlakatUshlashTugʻilgan kunIOʻsishVaznDarvozabonlar61Roman GolovanovChap185 sm74 kg62Roman SmiryaginChap175 sm82 kg62Dmitriy LozebnikovChap190 sm91 kgHimoyachilar7Aleksey PepelyayevChap184 sm93 kg11Igor MerejkoOʻng194 sm100 kg20Nadir IslyamovChap189 sm85 kg40Vsevolod SorokinChap185 sm95 kg44Arseniy YeroxinChap182 sm89 kg65Roman TatalinOʻng180 sm76 kg68Vladislav NaumovChap181 sm85 kg73Sergey IlinChap193 sm93 kg88Konstantin GavrilenkoChap182 sm80 kgHujumchilar13Artyom VoroshiloChap183 sm95 kg15Maksim KazakovOʻng174 sm83 kg17Artyom VoroninChap186 sm93 kg19Semyon ValuyskiyOʻng178 sm90 kg21Arslan AxmetyanovChap178 sm77 kg22Pavel SinyavskiyChap195 sm102 kg31Andrey SmirnovChap180 sm75 kg32Ivan BelyakovChap197 sm93 kg38Yevgeniy GrigorenkoChap181 sm84 kg41Pavel SedovChap177 sm85 kg42Pavel ZdunovChap180 sm83 kg48Pavel NovojilovChap185 sm92 kg50Ivan YatsenkoChap188 sm88 kg66Javohir RasulovOʻng172 sm72 kg77Aleksandr SherbinaChap180 sm91 kg78Mixail AnisinChap164 sm74 kg84Platon PopovChap176 sm73 kg85Denis YerkinChap179 sm81 kg92Anton BogatskiyOʻng182 sm79 kg94Viktor EkkChap178 sm82 kg
Manbalar
Havolalar va manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi xokkey jamoalari Turkum:Xokkey klublari