Bahodir Xodjievich Ibrohimov (; 20-noyabr 1945-yil Fargʻona – 21-avgust 2013-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi va murabbiyi. 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

Futbolchi sifatidagi faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1963-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan va bu jamoada 10 ta mavsumni oʻtkazgan. Bu vaqt ichida Ibrohimov klub tarixida sezilarli iz qoldirdirib, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov kabi toshkentlik yetakchi hujumchilar bilan bir jamoada toʻp surdi. Bahodir Ibrohimov futbolchilik faoliyatini 1973-yilda „Andijon“ jamoasi tarkibida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Bahodir Ibrohimov murabbiylik faoliyatini 1973-yilda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida boshlagan. Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabini tamomlaganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalariga ustozlik qilgan.

1984-yildan 1986-yilgacha „Paxtakor“ bolalar va oʻsmirlar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1986—1991-yillarda Yaqin Sharq davlatlaridan Suriya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda murabbiylik faoliyatini davom ettirganSafarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. – T. 2014. – S. 385..

1993-yilda yana „Paxtakor“ga qaytib, klub bosh murabbiyi boʻldi. Ibrohimov boshchiligida toshkentliklar chempionatda ikkinchi boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida jamoa 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichini qiyinchilik bilan yengib chiqadi, shuningdek, 1996-yilgi Osiyo kubogining soʻnggi bosqichida ham nihoyatda omadsiz ishtirok etadi. Shundan soʻng Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlashtirilgan.

Vafotidan soʻng uning nomi ostida har yili xotira turnir oʻtkazib kelinmoqda. Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sovrindori: 1993-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1993-yil

Manbalar

Havolalar Futbook.ru saytidagi statistika

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari