Inoyatov Ahrol Inoyatovich (1945-yil 11-iyunda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasi raisiKelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha ekspertlar kengashi (nedostupnaya ssilka). Data obraщeniya: 8 oktyabrya 2015. Arxivirovano 16 oktyabrya 2015 goda.Axrol Inoyatov 70 yoshga qadam qoʻydi Arxivnaya kopiya ot 5 oktyabrya 2015 na Wayback Machine. Faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Inoyatov 1963-yildan asosiy jamoada oʻynay boshlagan. Futbolchi sifatida olib borgan barcha faoliyatini „Paxtakor“ tarkibida oʻtkazgan. 1972-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Bu vaqt oraligʻida u 161 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan. 1980-yillarda Inoyatov murabbiylik faoliyatini boshlagan. „Boʻston“ (Jizzax) klubida ishlagan. 1992-yili Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumidayoq „Paxtakor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan va klubni chempionlik darajasiga olib chiqqan. 1993-yilda jamoa murabbiyi, 1994-yilda esa yana „Paxtakor“ga bosh murabbiylik qilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekistonning „Paxtakor“ va boshqa klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan. Murabbiylikdan soʻng – Oʻzbekiston futbol federatsiyasining kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasi raisi lavozimida ham xizmat koʻrsatgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari