Aziz Shokirovich Ibragimov (1986-yil 21-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan. Xalqaro maydonda 2007—2015-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Biografiyasi Aziz Ibrohimov 1986-yil 21-iyulda Sovet Oʻzbekistoni poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. 8 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Dastlabki yillarida u jang sanʼatlariga qiziqib, karate va taekvondo bilan shugʻullanishni orzu qilgan, ammo keyin orzulari oʻzgarib futbolga oʻtgan. Aziz Toshkentning „Paxtakor“ klubini futbol akademiyasida tahsil olgan, biroq keyinchalik ayrim muammolar tufayli „Tekstilshchik“ futbol maktabiga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning sobiq „Traktor“ klubida boshlagan. 2005—2006-yillarda Qashqadaryoning „Shoʻrtan“ va „Mash’al“ jamoalarida toʻp surgan. 2007-08-yillarda Slovakiyaning „Slovan“ jamoasida oʻynagan. 2008-yildan 2011-yilgacha u Chexiyaning „Bohemians 1905“ jamoasida oʻynagan. 2008-09-yilgi mavsumda Bohemians 1905 tarkibida u ikkinchi kuchli Chexiya ligasi gʻolibiga aylangan.

2012-yilda u Xitoy Superligasining „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyingi yillarda 2014-yilgacha Chexiyaning turli klublarida toʻp surgan. 2014/2016-yillarda Oʻzbekistonning „Andijon“, „Dinamo“ va „Buxoro“ klublarida futbolchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 2017-yilning yanvar oyida Eronning „Mashin Sazi“ jamoasiga oʻtgan.

2021-yilda u nafaqaga chiqishini eʼlon qilganAziz Ibragimov futboldan ketdi! U endi boshqa ish bilan shugʻullanyapti. 2022-yil Yaypanning „Turon“ klubi taklifi bilan futbolchilik faoliyatini tikladi.

Terma jamoadagi faoliyati 2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Terma jamoa bilan birga 2007 va 2011-yillarda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.

Yutuqlar

Slovakiya chempioni: 2008

Latviya chempioni: 2017

Faoliyat statistikasi Terma jamoadagi gollari № Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir 1. 2007-yil 2-iyul Paju, Janubiy Koreya 2—0 Won Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2007-yil 14-iyul Kuala Lumpur, Malayzia 5—0 Won Osiyo kubogi 2007 3. 2008-yil 2-iyun Singapore, Singapur 7—3 Won 2010-yilgi jahon chempionati saralash

Shaxsiy hayoti Aziz Ibragimov uylangan, ayni damda nafaqada farzand tarbiyasi bilan mashgʻul. Ukasi Iborohim Ibrohimov ham futbolchi boʻlib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynaydi.

Manbalar

Havolalar

Aziz Ibragimov Transfermarkt saytida Aziz Ibragimov NFT saytida Aziz Ibragimov Soccerway saytida Aziz Ibragimov Worldfootball saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Bohemians 1905 futbolchilari Turkum:FK Baník Most 1909 futbolchilari Turkum:SK Dynamo České Budějovice futbolchilari Turkum:FK Bohemians Prague (Střížkov) futbolchilari Turkum:ŠK Slovan Bratislava futbolchilari Turkum:Qingdao Hainiu F.C. (1990) futbolchilari Turkum:Machine Sazi F.C. futbolchilari Turkum:FK Spartaks Jūrmala futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Chexiya milliy futbol ligasi futbolchilari Turkum:Slovakiya Birinchi Futbol Ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Latviya Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Slovakiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chexiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari