Butan milliy futbol terma jamoasi – xalqaro futbolda Butan sharafini himoya qiladi. Jamoa Butandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, Osiyo Futbol Federatsiyasi va mintaqaviy organ Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi (SAFF) tarkibiga kiruvchi Butan futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Butan milliy futbol jamoasi uy oʻyinlarini „Changlimithang“ milliy stadionida oʻtkazadi.
Jamoa FIFAning rasmiy reytingida ham, Elo reyting tizimida ham doimiy ravishda dunyodagi eng yomon natijali jamoalardan biri sifatida qayd etilgan. 2017-yil noyabr oyining oxiriga kelib, ular oltita oʻyinda gʻalaba qozonishdi va toʻplar nisbati −279 ta. Jamoa hech qachon yirik turnirning final bosqichiga chiqa olmagan va oʻrtoqlik oʻyinlari hamda saralash oʻyinlaridan tashqari, rasmiy musobaqadagi yagona ishtiroki mintaqaviy Janubiy Osiyo oʻyinlari va Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi kubogida boʻlgan.
Tarix
Dastlabki davr Futbol Butanga qanday olib kelingani haqida aniq manbalar mavjud emas. Hindistonliklarni futbol bilan Britaniya hukumati tanishtirgan boʻlsa-da, Butanda Britaniyaning doimiy ishtiroki yoʻq edi. Butanga futbolning kelishi 1950-yillarda Haa va Paroda maktablarning ochilishi bilan chambarchas bogʻliq edi, chunki chet el oʻqituvchilari asosan Hindistondan, baʼzilari Yevropadan jalb qilingan.
1980-yillar Butanning xalqaro maydonga rasman chiqishi nisbatan kech boʻlgan, birinchi oʻyinni 1982-yilda oʻtkazgan. 1982-yilgi ANFA kubogida Nepalga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Biroq, boshqa manbalar shuni koʻrsatadiki, Butan vakili boʻlgan jamoa sakkiz yil oldin Nepalga borgan va Shripanch Mahendra Gold Cup deb nomlanuvchi turnirda gʻolib chiqqan.
1990-yillar 1986-yilda Butanda birinchi futbol ligasi tashkil etildi va Butan Futbol Federatsiyasi 1994-yilda OFK aʼzoligiga qabul qilindi. Shu yili milliy terma jamoa Nepalga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda magʻlubiyatga uchradi.
2000—2001 thumb|500px|Butanning Quvaytga qarshi magʻlubiyatini kontekstuallashtirgan chiziqli diagrammasi.The blue bars highlight the Federated States of Micronesia national under-23 football team's performance in the 2015 Pacific Games; as of June 2016, the worst performance by any national representative team at an official tournament. Asr boshida, Butan 2000-yilgi Osiyo kubogi uchun saralash bosqichida qatnashdi.
2022 Jahon chempionati saralashi Butan Guamga umumiy hisobda 5:1 hisobida magʻlub boʻlgach, musobaqadan chiqib ketdi. Ular birinchi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan, ammo javob oʻyinida 5:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Jamoa imiji
Toʻplam thumb|right|300px|Butan bayrogʻi milliy terma jamoa kiyimlarida aks ettirilgan. Butanning hozirgi uy kiyimlari ranglari – sariq trimli va sariq ajdaho naqshli toʻq sariq koʻylaklar, toʻq sariq shortilar va toʻq sariq paypoqlar. Ularning tashqi ranglari asosan oq rangda, koʻylak va shortida toʻq sariq rangli bezak bor.
Toʻplam tarixi
Uy
Mehmonda
Logo Milliy terma jamoaning logotipi uning boshqaruv organi, Butan futbol federatsiyasi uchun ishlatiladigan logotip bilan bir xil. Uning ostida Butan rasmiy gerbining tepasida joylashganga oʻxshash marvarid bor.
Uy stadioni thumb|right|300px|Changlimithangdagi asosiy stdaionning koʻrinishi Changlimithang stadioni Butanning Thimphu shahridagi koʻp maqsadli stadion boʻlib, u Milliy stadion sifatida xizmat qiladi. U asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi va Butan milliy futbol jamoasi, A-Divizionda va Milliy ligada oʻynaydigan bir qator futbol klublarining uy stadionidir. Futboldan tashqari, stadion muntazam ravishda Butan milliy sporti boʻlgan kamondan otish boʻyicha yirik turnirlarga mezbonlik qiladi. Stadion 1974-yilda qurilgan.
Murabbiylar shtabi Bosh murabbiy Pema DorjiYordamchi murabbiy Tshering Wangchuck GyeltshenYordamchi murabbiy Tashi Tobgay DorjiFitnes murabbiyi Joseph Ronald D'AngelusFizioterapevt Kencho Tshering
Futbolchilar
Futbolchilar natijalari
+Eng koʻp ishtirokDarajaFutbolchiIshtirokGollarKaryera 1Chencho Gyeltshen 37 10 2011-hozir 2Passang Tshering 36 5 2003-2015 3Karma Shedrup Tshering 33 1 2011-hozir4Pema Dorji 31 0 2003-2013Tshering Dorji 31 6 2011-hozir 6Jigme Tshering Dorji 29 1 2011-hozir7Nawang Dhendup 27 2 2003-2011Kinley Dorji 27 1 2002-2011 9Hari Gurung 26 0 2009-201810Lhendup Dorji 25 0 2015-hozirKarun Gurung 25 0 2006-2017
+Eng koʻp gol urganlarDarajaFutbolchiGollarIshtirokNisbatKaryera1Chencho Gyeltshen10372011-hozir2Tshering Dorji6312011-hozir3Wangay Dorji5142002-2008Passang Tshering5362003-20155Dinesh Chhetri2112002-2003Nawang Dhendup2272003-2011
Chempionatlardagi ishtirok
FIFA Jahon chempionati
FIFA Jahon chempionatiFIFA Jahon chempionati saralashiChempionatlar 1930 dan 2014 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 2018 Saralashdan oʻta olmadi10208853 2022 Saralashdan oʻta olmadi210115 2026 Aniqlanishi uchun Aniqlanishi uchunJami00000012309958
OFK Osiyo Kubogi OFK Osiyo KubogiOFK Osiyo Kubogi saralashYil 1956 dan 1996 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 2000 Saralashdan oʻta olmadi 4004242 2004 Saralashdan oʻta olmadi 8116626 2007to 2015 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 2019* Saralashdan oʻta olmadi 1831141393 2023 210115Jami00000032522522166
OFK Chaqiruv Kubogi
OFK Chaqiruv KubogiOFK Chaqiruv Kubogi saralashiYilNatija 2006Guruh bosqichi301203 Saralash yoʻq 2008 Saralashdan oʻta olmadi301216 2010 Saralashdan oʻta olmadi3003013 2012 Saralashdan oʻta olmadi200205 2014 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadiJamiGuruh bosqichi3012038017124
Terma jamoalarga qarshi natijalar Raqib Played Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Oʻziga Raqibga Diff Gʻalaba% Magʻlubiyat%6105222−2017%83%11128525−209%72%20201100%0%100102−20%100%2002018−180%100%320175+266%33%200208−80%100%5005116−150%100%200204−40%100%1001020−200%100%8008833−250%100%10100000%0%110040+4100%0%140014645−390%100%2002218−160%100%3003112−110%100%200204−40%100%2002012−120%100%2002018−180%100%2002010−100%100%7205518−1329%71%100113−20%100%100105−50%100%2002015−150%100%3003223−210%100%Jami86757445337−2338%86%
Reytinglar thumb|200px|Butanning oʻrtacha yillik FIFA reytingi 2000–2016. Terma jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 187-oʻrin boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
FIFA team profile ELO team records
Turkum:Butan Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari