Aleksandr Vladimirovich Sayun (1975-yil 1-yanvar, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachi, yarimhimoyachi.
Futbolchilik faoliyati Millati ukrain. 10 yoshida futbol oʻynay boshlagan. „Surxon“ (Termiz) oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, murabbiyi — V.D.Gluxov. 1991-yili „Sohibkor“ Xalqobod jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1992-yilda Gulistonning „Shifokor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston birinchi ligasi gʻolibi boʻlgan. 1994-yilda Oʻzbekiston chempioni. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 4 ta oʻyin oʻtkazgan, biroq 1993-1995-yillardagi faoliyati haqida gapirishni yoqtirmaydi. 1996-yili „ASK Termiz“ jamoasida toʻp surgan boʻlsa, keyingi yili „MHSK“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
1998-yilda Aleksandr Tarxanov bosh murabbiyligidagi Rossiyaning „Torpedo“(Moskva) jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydiФУТБОЛ. ЧЕМПИОНАТ РОССИИ. Высший дивизион. МЕЖСЕЗОНЬЕ: КТО КУДА, biroq jamoaga Valentin Ivanov kelishi bilan Sayun zaxiraga oʻtkaziladi. Noyabr oyida „Torpedo“ bilan amaldagi shartnomasiga qaramay, ilgari unga qiziqish bildirgan „Spartak“da mashgʻulotlarni boshlaydiФУТБОЛ. ЛИГА ЧЕМПИОНОВ. ДО МАТЧА «СПАРТАК» — «ШТУРМ» — 11 ДНЕЙ. ВСЛЕД ЗА ПИСАРЕВЫМ ЧЕМПИОН РОССИИ ТЕРЯЕТ РОМАЩЕНКО. 1999-yilning yanvar oyida Tarxanovning „Krilyax sovetov“ jamoasidaКРЫЛЬЯ СОВЕТОВ. ОЖИДАЕТСЯ ПРИЕЗД САМАРОНИ И ЛЕОНИДАСА, fevral oyida esa „Uralan“ tarkibida toʻp surganУРАЛАН. САЮН ПРИЛЕТЕЛ К ЯКОВЕНКО. Mart oyida yana Tarxanov jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtagan boʻlsa hamВысший дивизион. ДО СТАРТА — 14 ДНЕЙ. КРЫЛЬЯ СОВЕТОВ. Александр ТАРХАНОВ: «ТРЕВОЖИТ МОЛЧАНИЕ НАШИХ НАПАДАЮЩИХ», oy oxirida „Uralan“ga ijaraga berilganВиталий ШЕВЧЕНКО. ПУСТЬ К НАМ ОТНОСЯТСЯ НЕСЕРЬЕЗНО.
Avgust oyida Sayun Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubiga Oleg Garin oʻrniga almashtiriladiСАЮНА ПОМЕНЯЮТ НА ГАРИНА. 2000-yil avgust oyida Sayunning „Paxtakor“ tarkibiga oʻtishi kutiladiЧЕМПИОНАТ УЗБЕКИСТАНА. «ПАХТАКОР» ИЩЕТ РЕЗЕРВЫ В РОССИИ, biroq 2000-2001-mavsum oraligʻida futbolchi „Rubin“ bilan yigʻinda ishtirok etadiВМЕСТО ГВИНЕЙЦА — САЮН С ЛЮБОБРАТОВИЧЕМ. May-iyul oylarida „Svetotexnika“ klubida mashgʻulotlar oʻtkazib, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshiradi, biroq transfer summasi oshirilgani sababli jamoa bilan shartnoma imzolamasdan „Amkar“ tarkibiga oʻtadiФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТ. Jamoada 30-avgust kuni faqat bitta oʻyin oʻtkazib, 72-daqiqada zaxiradan oʻyinga tushirilgan.
2002-yil fevral oyida „Svetotexnika“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydiФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТ. Bir yil oʻtgach, transferga qoʻyiladiФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТva aprel oyi oxirida „Lokomotiv-NN“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydiФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТ. Avgust oyida Chelyabinskning „Lukoyl“ jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2004, 2006-2009-yillarda „Dinamo“ (Kirov), keyinchalik „Vavilon Kirov“ (2011) va „Sarov“ (2011-2012) havaskor jamoalarida toʻp surgan. 2015-yilda LFL Novocheboksarsk „Boks“ futbol klubida oʻynagan. 1998-yil oxirida XIII Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safida 4 ta, bir yildan soʻng Osiyo kubogida yana bir uchrashuvda maydonga tushgan va shu tariqa umumiy hisobda terma jamoa safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan.Uzbekistan International Matches - Details 1992-1999
2017-yilda Penzaga koʻchib oʻtib u yerda „Zenit“ bolalar va oʻsmirlar futbol markazida (Penza) murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2017-yil 19-avgustda „Zenit UMBRO“ (Penza) klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar На сайте «Динамо» Киров
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Elista futbolchilari Turkum:FC Torpedo-2 futbolchilari Turkum:FC Amkar Perm futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Mordovia Saransk futbolchilari Turkum:FC Spartak Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Dinamo Kirov futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar