Atirgul minorasi (, toʻliq nomi Rose Rayhaan by Rotana) 72 qavatli 333 metrli bino boʻlib, BAAning Dubay shahridagi Shayx Zayed yoʻlida joylashgan. 2015-yil holatiga koʻra, u Osiyodagi 42-eng baland bino va dunyodagi 55-eng baland binolardir. Minora dastlab 380 m (1247 fut) balandlikda boʻlishi kerak edi, ammo loyihalashtirilish va quririlish jarayonida balandligi pasaydi. Qurilish 2004-yilda boshlangan va 2006-yil 24-oktabrda qurib bitkazilgan va shpil oʻrnatilgan. Mehmonxona 2008-yil aprel oyidan beri ochiq. Shu bilan birga, rasmiy ochilish faqat 2009-yil 23-dekabrda boʻlib oʻtdi.

Bonyan International Investment Group kompaniyasi ushbu osmonoʻpar bino qurilishiga 180 million AQSh dollar sarmoya kiritgan.

Qiziqarli faktlar

Rose Rotana Suites 2008-yil aprel oyida ochilganidan keyin bino 2008-2012-yillarda dunyodagi eng baland mehmonxona boʻlgan. Bino balandligi 321 metr boʻlgan mashhur Burj Al Arabdan balandroq. Atirgul minorasi Dubaydagi spirtli ichimliklar sotishga ruxsat bergan birinchi mehmonxonalardan biridir. Mehmonxonada 24/7 kun ishlaydigan ikkita restoran va kafe mavjud.

Manbalar

Emporis.com

Havolalar

Turkum:Binolar Turkum:Osmonoʻpar binolar