Sunil Chhetri (1984-yil 3-avgustda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. Hindiston Superligasining Bengaluru klubi va Hindiston milliy futbol terma jamoasi sardori.
Barcha davrlarning eng buyuk hind futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Sunil Chhetri milliy terma jamoa safida bugungi kunda faoliyat yuritayotgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan toʻrtinchi eng yaxshi xalqaro futbolchi hisoblanadi. Undan oldinda Cristiano Ronaldo and Lionel Messi bor. Shuningdek, barcha davrlar toʻpurarlari orasida Ferenc Puskás bilan birgalikda beshinchi oʻrinni egallaydi. Hindiston milliy futbol terma jamoasi safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi va barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari.
Chhetri oʻzining professional faoliyatini 2002-yilda Mohun Baganda boshlagan. Keyinchalik JCTga oʻtgan va u yerda 48ta oʻyinda 21ta gol urgan. Sunil Dehlida 59-bor boʻlib oʻtgan Santosh kubogida Dehli jamoasi tarkibida harakat qildi. U ushbu turnirda 6 ta gol urdi, shu jumladan Gujaratga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Dehli chorak finalda Keralaga magʻlub boʻldi. U 2010-yilda Amerika Professional Futbol Ligasi jamoasi Kansas City Wizards bilan shartnoma imzoladi. 2011-yilda Hindistonning I-ligasiga qaytdi, u yerda Chirag Yunayted va Mohun Bagan jamoalarida oʻynadi. 2012—2013-yil mavsumida Lissabonda joylashgan Portugaliyaning Sporting (futbol klubi)ning zaxira jamoasida oʻynadi.
Chhetri Hindistonga 2007, 2009 va 2012 yillardagi Neru kubogi, shuningdek, 2011, 2015 va 2021-yillardagi SAFF chempionatida gʻolib chiqishda yordam bergan. Shuningdek, u Hindistonga 2008 AFC Challenge Cupda gʻalaba qozonishda yordam berdi, bu esa ularga 27 yil ichida birinchi marta OFK Osiyo Kubogiga yoʻllanma berdi. Chhetri, shuningdek, 2007, 2011, 2013, 2014, 2017 va 2018—2019-yillarda olti marta AIFF yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Chhetri 2011-yilda sportdagi yutugʻlari uchun Arjuna mukofotini, 2019-yilda Hindistonning toʻrtinchi eng yuqori fuqarolik mukofoti boʻlgan Padma Shri mukofotini oldi. 2021-yilda u Hindistonning sportdagi eng oliy mukofoti hisoblangan Khel Ratna mukofotini oldi va bu mukofotni olgan birinchi futbolchiga aylandi.
Jamoalardagi faoliyati Mohun Bagan Chhetri oʻzining professional futboldagi faoliyatini Nyu-Dehli Siti futbol klubida boshlagan. Keyinchalik Milliy Futbol Ligasi vakili Mohun Bagan bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi mavsumi 2002—2003-yilgi mavsumda, Chhetri toʻrtta gol urdi. Mavsum soʻngida Mohun Bagan jadvalda yettinchi oʻrinni egalladi. Keyingi mavsumda Chhetri ikkita gol urdi. Birinchisi Sporting Goaga qarshi oʻyinda, ikkinchisi Indian Bankga qarshi oʻyinda urildi. Mavsum oxirida Mohun Bagan yana jadvalning pastki qismidan yaʼni toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. 2004—2005-yilgi mavsumda Chhetri yana ikkita gol urdi; bu safar Mohun Bagan ligada sakkizinchi oʻrinni egalladi va toʻplar nisbati boʻyicha Milliy futbol ligasida qoldi.
JCT 2005-yilda Chhetri 2005—2006-yilgi mavsum uchun JCT bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsumda Chhetri uchta gol urdi. U Salgaokarga qarshi ikkita gol urdi, uchinchisi Sporting Goaga qarshi oʻyinda urildi. JCT oʻsha yili mavsumni oltinchi oʻrinda yakunladi. Ayni paytda, Chhetri 61-Santosh kubogining guruh bosqichida Orissa va temiryoʻlchilarga qarshi oʻyinda Dehli uchun ikkita xet-trik qayd etdi.
Keyin, 2006—2007-yilgi mavsumda Chhetri JCT uchun ligada jami oʻn bitta gol urdi, mavsum yakunida klub Dempodan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha mavsumdagi uning eng yaxshi oʻyinlari orasida sobiq klubi Mohun Bagan va Dempoga qarshi oʻyinlar boʻlib, u ikkala oʻyinda ham dubl qayd etgan, JCT ikkala oʻyinda mos ravishda 2:0 va 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Keyin, I-liganing birinchi mavsumida Chhetri yettita gol urdi, JCT mavsumni uchinchi oʻrinda yakunladi. Uning oʻsha mavsumdagi yagona dubli mavsumning soʻnggi oʻyinida Salgaokarga qarshi qayd etildi. Oʻsha mavsumning oʻrtalarida, 2007-yil dekabr oyida Chhetri klubi hamda mamlakatidagi yaxshi oʻyinlari uchun 2007-yil uchun AIFF yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor boʻldi.
Chet eldan qiziqish
2008-yilda bir qancha xorij klublaridan qiziqish boʻldi. Jumladan, Futbol boʻyicha Angliya birinchi ligasi vakili Leeds United FC hamda Portugaliya ikkinchi divizioni Liga de Honra vakili Grupo Desportivo Estoril Praia dan qiziqishlar boʻldi. Ammo ushbu transferlar amalga oshmadi.
East Bengal 2008—2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Chhetri I-ligadagi East Bengal bilan shartnoma imzoladi. U East Bengaldagi debyutida 2008-yil 26-sentabrda oʻyinning 28-daqiqasida Chirag Yunaytedga qarshi oʻyinda gol urdi va yakunda East Bengal 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Chhetri Federatsiya kubogida East Bengal uchun muhim gollarni urdi va musobaqa davomida u oʻzining sobiq klubi JCT darvozasiga ham gol urdi, bu esa East Bengalning yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishiga olib keldi. Yarim final oʻyinida East Bengaliya azaliy raqiblari va Sunilning yana bir sobiq klubi Moxun Baganga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchradi. Mavsum davomida unga MLS dan boʻlgan takliflarni rad etdi.
Dempo East Bengal bilan shartnomasi tugagach, 2009-yilda Chhetri Dempo bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va shartnoma bandlarida kelajakda agar Sunil xohlasa xorijda sinovlar uchun chet el klublari bilan shartnoma imzolashi mumkinligi keltirilib oʻtilgan.
Chet eldan qiziqish 2009-yil 7-avgustda Shotlandiya Premer-ligasi vakili Celtic F.C. Chhetri bilan shartnoma imzolash niyatida ekani xabar qilindi. Shotlandiya klubi Segunda B divizioni vakili Santboya bilan mavsumoldi oʻyinida Chhetrini tomosha qilgan edi. Chhetrining agenti Yogesh Joshining soʻzlaridan iqtibos keltirildi: „Men Celtic F.C. fikr-mulohazalarini kutyapman, uni dushanba kuni bosh skaut tomonidan kuzatilgan, keyin boshqa skaut oʻyinni tomosha qilish uchun kelgan, natijani bilganimda sizlarga xabar beraman.“
Keyin 2009-yil 30-avgustda Hindustan Times gazetasi Chhetri Angliya Futbol Ligasi chempionship ishtirokchisi Kuinz Park Reynjers bilan uch yillik shartnoma imzolagani, ammo Britaniya hukumati uning faoliyatiga ruxsat bermaganini eʼlon qildi. Hindiston futbol oʻyinchilari assotsiatsiyasining rasmiy saytidagi maqolaga koʻra, Chhetriga futbol faoliyati uchun ruxsat berilmagan, chunki Hindiston FIFA reytingida kuchli 70 talikka kirmagan. Biroq, Chhetri ijobiy fikrda boʻlib qoldi: „Ammo bu dunyoning oxiri emas. Men hali ham oʻz mamlakatim va juda qoʻllab-quvvatlagan Dempo klubim uchun koʻp mehnat qilishda davom etaman.“
FC Kansas City
2010-yil 24-martda Chhetri MLS vakili FC Kansas City jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi va Janubiy Osiyodan tashqarida oʻynagan uchinchi hindistonlik va MLSda oʻynagan birinchi hindistonlik boʻldi. „Sehrgarlar“ bosh murabbiyi Piter Vermesning soʻzlaridan iqtibos keltirildi: „Bizga Sunilning bir jihati yoqadi, u ayyor oʻyinchi. Texnik jihatdan u juda oʻtkir va hujumga moyil, yaxshi yigit“
2010-yilning 14-aprelida Chhetri AQSh Ochiq Kubogi saralash bosqichi doirasida Kolorado Rapids ga qarshi oʻyinda „Sehrgarlar“ safida debyut qildi. Keyin, 2010-yilning 23-iyulida, Chhetri Manchester United F.C. ga qarshi mavsum oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishi eʼlon qilindi. Biroq bu bahslarga sabab boʻldi, chunki u hali liga oʻyinini oʻtkazmagan edi. 2010-yilning 25-iyulida Chhetri Manchester United F.C. ga qarshi 69-daqiqada Teal Banberining oʻrniga maydonga tushdi.
Chirag United 2011-yilning 10-fevralida Chirag United 2010—2011-yilgi I-Liga mavsumining qolgan qismi uchun Sunil Chhetri bilan shartnoma imzoladi. 2011-yilning 3-aprelida Chhetri Chirag United safidagi ilk golini Dempoga qarshi oʻyinda urdi, ammo Dempo oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Mohun Bagan 2011-yil 22-iyulda I-Liga klubi Mohun Bagan tomonidan Chhetri klub bilan bir yillik shartnoma imzolagani haqida eʼlon qilindi.
Sporting CP B 2012-yilning 4-iyulida Chhetri Sporting CP bilan ikki yillik shartnoma imzolagani va ularning zaxira jamoasida oʻynashi haqida xabar berildi. Keyin u Segunda Liga doirasida Freamundega qarshi oʻyinda jamoa uchun debyut qildi.
Churchill Brothers ijarada 2013-yilning 13-fevralida Chhetri koʻproq oʻyin amaliyoti olish uchun I-ligadagi Churchill Brothers jamoasiga mavsumning qolgan qismida ijarada oʻynashi eʼlon qilindi. U 2013-yilning 26-fevralida 2013-yilgi OFK kubogida Kitchiga qarshi oʻyinda Churchill Brothers safida debyut qildi. Keyin u 2013-yil 12-mart kuni Semen Padangga qarshi navbatdagi oʻyinda Churchill Brothers uchun birinchi golini kiritdi va u oʻyin 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Mavsum tugagandan soʻng, Chhetri sakkizta oʻyinda toʻrtta gol urdi, Churchill Brothersga ikkinchi marta I-liga chempionligiga yordam berdi.
Bengaluru
2013-2014 2013-yilning 19-iyulida, Sporting CP dan ozod etilganidan soʻng, Chhetri 2013—2014-yilgi mavsumi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri I-liganing Bengaluru FC jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 2013-yilning 22-sentabrida Mohun Baganga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Oʻyinda u 46-daqiqada Beikhokhei Beingaichho ning oʻrniga maydonga tushdi. Chhetri Rangdajied Unitedga qarshi 67-daqiqada birinchi golini kiritdi va Bengaluru FC 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Noyabrgacha u Bengaluru FC uchun boshqa gol ura olmadi, Mumbayga qarshi oʻyinda Chhetri 57-daqiqada penaltidan gol urdi, Bengaluru FC 2:2 hisobida durang oʻynadi. Keyin u mavsumdagi ilk dublini 2013-yilning 1-dekabrida Shillong Lajongga qarshi oʻyinda kiritdi. Keyingi oʻyinda sobiq klubi Cherchill Brothersga Chhetri yana bir dubl qayd etdi, Bengaluru FC 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Chhetri Bengaluru uchun mavsumning birinchi yarmini Salgaokar darvozasiga penaltidan urgan gol bilan yakunladi, bu mavsumdagi toʻqqizinchisi boʻlib, Bengaluru FC jamoasi 2:1 hisobidagi gʻalabaga erishdi. 2014-yil 15-yanvarda Bengaluru FC 5:3 hisobida gʻalaba qozonganida u Federatsiya kubogi doirasida Sporting Goa bilan oʻyinda jamoalar safida yana bir gol urdi. Mavsumda 23 ta oʻyinda 14 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan Chhetri Bengaluru FKdagi debyut mavsumida I-Ligadagi birinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi.
2014-2015 Chhetri 2014-yil Durand kubogida mavsumni boshladi, uch marta oʻynadi va gol urdi, ammo yarim finalda Salgaokarga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi.
Chhetri oʻz jamoasining 2014—2015-yilgi Federatsiya Kubogidagi birinchi oʻyinida Salgaokarga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va yakunda 3:2 hisobida jamoasi foydasiga hal boʻldi. Chhetri kubokning guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Punaga qarshi oʻyinda yana bir dubl qayd etib, bitta ochiq oʻyinda va bitta penaltidan gol urdi va shu tariqa jamoasini yarim finalga olib chiqdi. U Sporting Goaga qarshi yarim finalda oʻz formasini saqlab qoldi va Shon Runining birinchi goliga assistentlik qildi va jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Chhetri finalda turnirdagi 6-golini urdi va shu tariqa jamoasi 2014—2015-yilgi Federatsiya kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Sunil 2014—2015-yilgi mavsumdagi ilk golini 7-turda Mohun Bagan darvozasiga Eugeneson Lyngdoh ning uzatmasidan kiritdi, ammo jamoasi yakunda 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Mumbai City Chhetri 2015-yilgi Hindiston Superligasi vaqtida Mumbai City tomonidan ₹ 1,2 crores evaziga sotib olindi. U terma jamoadagi majburiyatlari tufayli 2015-yilgi Hindiston Superligasi mavsumida jamoasining birinchi va ikkinchi davra oʻyinlarini oʻtkazib yubordi, JCh-2018 saralashining „D“ guruhida Turkmaniston va Ummonga qarshi oʻynadi. Terma jamoa safidan qaytgach Chennaiyin ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. U mavsumdagi ikkinchi oʻyinida Roberto Carlos ga qarshi „Dehli Dinamos“ jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi va oʻyinda gol urishga erishdi. Mumbai Cityda 2018-yilgacha eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Orolliklar bilan ikki mavsumdan soʻng, u 2017-yilda eng koʻp maosh oluvchi hindistonlik futbolchiga aylangan uch yillik shartnoma imzoladi.
Bengaluruga qaytish
2015-2016