Rustam Shatbievich Assakalov (1984-yil 13-iyulda tugʻilgan, Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi) — Adige yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Osiyo va Osiyo oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlari sovrindori. Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi.

Tarjimai hol 1984-yilda Novorossiyskda tugʻilgan. 2012-yilgacha Rossiya terma jamoasida ishtirok etadi, keyin Oʻzbekistonga koʻchib keladi. 2013-yilda u Osiyo chempioni boʻladi. 2014-yilda Rustam Osiyo chempionati kumush medali sovrindori va Osiyo oʻyinlari chempioni boʻladi. 2015-yilda Asaakalov Osiyo chempioni, jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻladi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi, ammo u yerda kurashchi atigi 8-oʻrinni egallaydi. 2017-yilda Osiyo chempionati bronza medalini, shuningdek, Islom birdamlik oʻyinlarining bronza medalini ham qoʻlga kiritadi. 2018-yilda Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindoriga aylanadiAziatskie igri: Rustam Assakalov stal serebryanim prizerom Kun.uz 22.08.2018.

2019-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari oldidan jahon chempionatida 87 kilogrammgacha vazn toifasida Rustam Assakalov bronza medali bilan birga yana milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya yoʻllanmasini ham olib kiradiRustam Assakalov — bronzoviy prizer chempionata Azii Olamsport.com.

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Rustam Assakalov chorak finalda magʻlub boʻladi. Hamyurtimiz xorvatiyalik Ivan Huklekka qarshi shohsupaga chiqib, murosasiz kurash 4:1 hisobida xorvatiyalik kurashchi foydasiga hal boʻladiDosadnie porajeniya: srazu neskolko uzbekistansev zavershili svoe uchastie na OI v Tokio uz.sputniknews.ru 03.08.2021.left|thumb|Osiyo chempionati,2018-yil

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlar samarasini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining koʻp qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va sanʼat sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Havolalar Rustam Assakalov — Olympedia.org Rustam Assakalov — International Wrestling Database

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari