"Atlaschi" — Fargʻona viloyati Margʻilon shahri sharafini himoya qilgan sobiq oʻzbek futbol klubi.
Tarixi 1980-yilda Margʻilon shahrida futbol jamoasi tashkil etilgan boʻlib, 1991-yilgacha Sovet Ittifoqining viloyat boʻlimlarida oʻynagan.
1991-yil Atlaschi (futbol klubi) tashkil etilgan. 1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan. 1993-yilgi mavsumda chempionat gʻolibi boʻlgan va Oliy ligaga yoʻl olgan.
1993-yilgi Oʻzbekiston kubogining yarim finalchisi ham boʻlgan. 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan, klubning eng yuqori yutugʻi 1995-yilgi mavsumda 7-oʻrinni egallagan.
1997-yilda yana Birinchi ligaga qaytgan va keyingi mavsumda uni tark etgan. 1999-yildan Klub professional tarzda faoliyatini toʻxtatdi ammo havaskorlar tarzida davom etdi. 2010-yilda klub Birinchi ligaga qaytdi. Jamoa Birinchi liganing „Sharq“ mintaqasida ishtirok etdi ammo asosiy bosqichga yoʻl olmadi. Klub 2012-yilda mavsum soʻnggida Ikkinchi ligaga tushib ketdi.
Yutuqlari Oliy ligada 7-oʻrin (1995).
Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi (1993).
Oʻzbekiston kubogi 1/2 finali (1993).
Milliy ligalardagi natijalari MavsumLiga NomiLigaOʻzbekiston KubogiToʻpurarOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatT-NOchkoOʻrinIsmGolMurabbiy1992Oʻzbekiston Pro ligasi30185764-374141/4 final199330216373-354811/2 finalIgor Burov28 gol1994Oʻzbekiston Superligasi30671720-5819131/16 final1995301141536-483771/8 finalAvxat Abdulin1996301131648-62369Guruh bosqichiAvxat Abdulin199734622637-11220181/8 finalAvxat AbdulinUsmonjon Asqaraliyev Valeriy Vasilenko1998Oʻzbekiston Pro ligasi38942546-9631181/16 final201022641232-442210Ishtirok etmagan20112267922-33259Ishtirok etmagan201222501720-471512Ishtirok etmagan
Joriy tarkibi
Mashhur futbolchilar Shavkat Abdurahmonov Shikmat Ergashev Aleksandr Pisarev Aleksey Ribakov Rinat Urmeev Zafar Toʻrayev
Murabbiylar 1995-1996: Avxat Abdulin 1997-1997: Usmon Asqaraliyev 1997-1997: Valeriy Vasilenko 2010-yildan: Salim Zokirov
Manbalar
Havolalar Klub futbol faktlari maʼlumotlar bazasida Klub oʻyinlari Wildstat maʼlumotlar bazasida MDH futbol klublari tarixi Klub tarixi sortitoutsi.net
Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Fargʻona viloyati futbol klublari Turkum:1993-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1980-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:1991-yilda tashkil etilgan futbol klublari