Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy (1967-yil, 27-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1986-yil), SSSR xalqaro sport ustasi (1991-yil).
Tarjimai hol Andrey faoliyatining ilk yillarida Toshkentda oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiyi Komarnitskiy Vladimir Dementiyevich boʻlgan. Birinchi jamoasi Toshkentning „Start“ klubi. 1985-yilda futbolchi „Paxtakor“ga oʻtadi va birinchi ligada oʻynay boshlaydi. Keyingi yili u armiyaga chaqiriladi va SSKA (markaziy harbiy sport klubi)da „xizmat qiladi“. 1988-yilda jamoaning katta ligaga qaytishiga yordam berish istagida „Paxtakor“ga qaytadi. Bu ish 1990-yilda amalga oshadi.
1992-yilda Tarxanov futbolchini „Paxtakor“da oʻynashi borasida hech qanday istiqbol yoʻqligini aytib, „Spartak“ga oʻtishga koʻndiradiPaxomov S. Andrey Pyatnitskiy: Mechtayu o fransuzskoy otbivnoy // Sport-Ekspress Futbol. — 1996. — № 27. — s. 3.. „Spartak“ tarkibida u besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 1996-yilda jamoa sardori etib saylanadi.
90-yillarning oʻrtalarida toʻpigʻidan jarohat olib, uzoq vaqt davolandi va maydonga qaytgach, avvalgidek, maydonda toʻp sura olmaydi.
Faoliyati davomida SSSR/MDH, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.
1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullangan. 2008-yil noyabr oyidan 2012-yil dekabrigacha „Spartak“ sport maktabi murabbiyi (Moskva) lavozimida ishlagan. 2013-yil iyul oyidan 2014-yil aprel oyiga qadar „Spartak“ (Moskva) yoshlar jamoasi katta murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-yil 23-aprelda oilaviy sabablarga koʻra lavozimni tark etgan. 2015-yilning yanvar oyidan 1999-yilda yangi tashkil etilgan Moskvaning „Rosich“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik „Rosich“ klubining asosiy jamoasini boshqarganBivshiy igrok „Spartaka“ — trener molodyojnoy komandi „Rosich“.
2019-yildan buyon „Ximik-Arsenal“ klubi bosh murabbiyi. 2020-yilda Sergey Podpali Tulaning „Arsenal“ klubiga tayinlangach, u bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻldi.
Yutuqlar
Jamoa
1992, 1993, 1994, 1996, 1997-yillarda Rossiya chempioni; 1991—1992-yillarda SSSR kubogi gʻolibi; 1993—1994-yillarda Rossiya kubogi gʻolibi; 1990-yil Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (21 yoshgacha SSSR terma jamoasi tarkibida); 1993-yil Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (4 oʻyin, 3 gol);
Shaxsiy
1991-yil SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida (1) - № 3; 1992, 1993, 1994-yillarda Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 1.
Oilasi Turmush oʻrtogʻi Svetlana va Daria (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) ismli qizi bor.
Manbalar
Havolalar
Andrey Pyatniskiy Transfermarkt saytida (futbolchi) Andrey Pyatniskiy Transfermarkt saytida (murabbiy)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari