Sabzi shoʻrvasi ― sabzi asosiy tarkibiy qism hisoblanagan shoʻrva. Bu pyure-shoʻrva yoki suyuq shoʻrva sifatida tayyorlanishi mumkin. Pishirishda sabzavot, don va boshqa ingredientlardan foydalaniladiMultivarka. 1000 luchshix reseptov. Bistro i polezno. / (avt.sost. — Vecherskaya I.) — ZAO Tsentrpoligraf, 2014.. Issiq yoki sovuq holda tortish mumkin. Sabzi shoʻrvasi klassik fransuz taomlari hisoblanadi.

Tavsifi Sabzi shoʻrvasi qaymoqli shoʻrva yoki sabzavot yoki tovuq bulyoniga asoslangan suyuq shoʻrva sifatida tayyorlanishi mumkinGlinyanie gorshochki. Blyuda iz ovoщey i gribov / (sost. S. P. Kashin). — M.: Pipol Klassik, 2014. — S. 15.Morkovniy sup-pyure. Taomda kartoshka, sholgʻom, sarimsoq, piyoz, shalot piyoz va boshqa sabzavotlar ham ishlatilishi mumkin. Sabzi va apelsin sharbati ham uni tayyorlashda ishlatilishi mumkin, baʼzi versiyalar sabzi pyuresi yordamida tayyorlanadi. Shoʻrvaning rangi ishlatilgan sabzi rangiga qarab farq qilishi mumkin. Yosh sabzi shoʻrvani shirin qiladi va unga yorqin toʻq sariq rang beradi, kattaroq, eskiroq sabzi esa kamroq shirin va ochroq sariq rangga ega boʻlishi mumkin. Ayrim sabzi shoʻrvalari kokos suti, kokos suvi, kokos kremi, kokos yogʻi yoki kokos boʻlaklari bilan tayyorlanadi. Bundan tashqari, zanjabil, muskat yongʻogʻi va karriniTreer G. M. Supi. M.: PIPOL Klassik, 2013. — 256 s. — S. 181. oʻz ichiga olgan versiyalari mavjud. Sabzining yashil barglari (tepalari) taomning tarkibiy qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Baʼzi turlarida maydalangan yalpiz barglaridan foydalaniladi. Baʼzan yogurt, yogurt sousi, yangi qaymoq, smetana qoʻshiladi. Xushboʻylik uchun shoʻrvaga apelsin qobigʻi, arpabodiyon, sabzi barglari, sarimsoq va boshqa yangi toʻgʻralgan koʻkatlar qoʻshiladi. Shoʻrva grenka va tost non bilan beriladi. Sabzi shoʻrvasi vegan taom sifatida va bisk shoʻrva sifatida ham tayyorlanishi mumkin.

Buyuk Britaniyada sabzi shoʻrvasining maxsus turi — yirik toʻgʻralgan yoki maydalangan sabzi, sarimsoq va koriandr urugʻidan (kashnich) shoʻrvaLuchshie resepti vkusneyshix blyud za 5 minut / (avt-sost. G. M. Treer). — M.: Pipol-klassik, 2010. — 256 s. — S. 78.Yuliya Visotskaya. Yedim doma krugliy god. — M.: EKSMO, 2011. — S. 198. tayyorlanadi.

Fransuz oshxonasida Sabzi shoʻrvasi yoki potaj Kresi () fransuz oshxonasida „klassik“ va „mashhur“ taom sifatida tavsiflanganShulman, Martha Rose Pureed Carrot Soup Recipe. (January 22, 2009). The New York Times. Retrieved December 6, 2015.. Potaj — quyuq konsistensiyaga ega shoʻrva turi. Potage Crécy nomi Fransiyaning shimolidagi Crecy-en-Ponthieu kommunasi sharafiga qoʻyilgan va oʻsha mamlakatda eng mazali sabzi yetishtirilganDyuma, A. Luchshie resepti. (sost., per. s fr. Olesya Gievskaya). — M.: Mann, Ivanov i Ferber, 2014. — S. 54..

Fransuz oshxonasida Kresi shoʻrva odatda guruch bilan tayyorlanadi, uni garnir sifatida ham berish mumkin. Guruch, arpa (arpa yormasi) taomni quyuqlashtirish uchun ingredient sifatida ishlatilishi mumkin.

Tarixi Edward VII (Buyuk Britaniya qiroli 1901-1910) har yili 26-avgustda 1346-yilgi Kresi jangini xotirlash uchun va inglizlarga jangda boshchilik qilgan ajdodi Edward Qora shahzoda sharafiga Kresi shoʻrvasini isteʼmol qilganThe Circle and Success Magazine. Funk & Wagnalls Company. 1908. p. 117.. Bundan tashqari, jang tugagandan soʻng, ingliz askarlariga KresiSmith, H. (1900s). The Master Books of Soups. London: Spring Books. p. 170 sabzisidan shoʻrva berilganligi taxmin qilingan.

Avstriyalik shifokor va pediatr Ernst Moreau antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan diareyaga qarshi samarali ekanligi isbotlangan professor Moreauning sabzi shoʻrvasini ixtiro qildi. Uzoq vaqt davomida pishirilganda, sabzi bakteriyalarning toʻplanishiga toʻsqinlik qiluvchi shakar molekulalarini chiqaradiMartin Ryutter. Idealnaya sobaka ne vigulivaet xozyaina. Kak vospitat sobaku bez vrednix privichek. — EKSMO, 2018.

Manbalar

Turkum:Sabzavotli sho'rvalar Turkum:Sabzili taomlar Turkum:Fransuz oshxonasi