Lankashir issiq yeguligi () — Angliyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Lancashire grafligidagi ingliz taomidir. Taom kichik olovda katta qozonda toʻgʻralgan piyoz, kartoshka va qoʻy goʻshtidan tayyorlanadi.

Tarixi Bir soʻz bilan aytganda, hotpot () goʻsht va sabzavotlarning har qanday issiq yeguligi yoki ragusini anglatadi. Kenelm Digbining 1667-yilda chop oshpazlik kitobida shunga oʻxshash nomli taom „Qoʻy goʻshtidan shohona hotchpot“ (); xuddi shu nomdagi taom „“ da qayd etilgan.

Sanoat inqilobidan oldin, uyda ishlaydigan koʻplab oilalar issiq taomlar tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflashlari mumkin edi; keyinchalik, jadval boʻyicha ish bilan band boʻlgach, ular endi buni qilolmas edilar.

Retsepti Retsept odatda qoʻy goʻshtidan (hozir qoʻzichoq koʻproq ishlatiladi) va kartoshka boʻlaklari bilan qoplangan piyozdan iborat. Koʻpgina mintaqaviy turlarida sabzavotlar (sabzi, sholgʻom yoki porey piyozi) ham qoʻshiladi. Koʻpgina dastlabki retseptlar qoʻzichoq buyragidan foydalangan, zamonaviy versiyalarda esa qoʻzichoq yoki xamirli nachinka oʻrniga toʻqmoqlangan mol goʻshti yoki bekon ishlatilishi mumkin.

Anʼanaviy retsepti bir paytlar ustritsiyalarni oʻz ichiga olgan, ammo narxi oshganligi sababli ular ishlatilmaydigan boʻlib qolgan. tuzlangan qizil karam yoki lavlagi va baʼzi hududlarda Lancashire pishloq koʻpincha taomga hamroh sifatida tortiladi.

Manbalar

Havolalar History of Lancashire Hotpot at Foods of England Turkum:Angliya oshxonasi Turkum:Qoʻy goʻshtidan taomlar