Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Birinchi ligasi (Футбол бўйича Ўзбекистон Биринчи лигаси) — Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Pro ligasidan keyin maqomi boʻyicha uchinchi darajali musobaqa hisoblanadi. Oʻzbekiston Birinchi ligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladi. Tarixi Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab, 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yilda ikkinchi darajali musobaqa Oʻzbekiston Pro ligasi nomini oldi. Uchinchi darajali musobaqa esa 2019-yilgacha Oʻzbekiston Pro-B ligasi deb nomlangan. Oʻzbekiston Birinchi ligasi esa mamlakatdagi uchinchi darajali futbol chempionati sifatida 2020-yildan qayta tashkil etildi. Birinchi liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston Kubogida saralash bosqichida ishtirok etadi.
Birinchi liga darajasida Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Professional futbol ligasi hamkorligida 2021-yildan buyon „Besh tashabbus Olimpiadasi“ doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi oʻtkazib kelinadiErkaklar va ayollar oʻrtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi.
2022-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va professional futbol ligasi hamkorligida Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida Coca-Cola Students Cup mini-futbol musobaqasi oʻtkazib kelinadi.
Reglament Birinchi liga musobaqasi ishtirokchi klublar sonidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ayni paytda musobaqada 16 ta ishtirokchi klub mavjud. Oʻzbekiston Birinchi ligasi jami 30 ta turdan iborat ikki davrali tizimida o‘tkaziladi. Bunda har bir klub 15 ta uy va 15 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi.
Mavsum yakunida Birinchi ligada gʻolib boʻlgan jamoa yangi mavsumni Oʻzbekiston Pro ligasida boshlaydi. Birinchi liganing 2-o‘rindagi jamoasi esa Pro ligaga chiqish uchun Oʻzbekiston Pro ligasida 9-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Musobaqalar Reglamentiga binoan O‘tish o‘yiniga Birinchi ligada ikkinchi bo‘lgan klub maydoni mezbonlik qiladi.
Barcha gʻoliblar MavsumGʻolib2-oʻrin3-oʻrin2018NurafshonSherdorGʻijduvon2019TuronZominYangiyer Lokomotiv BFK2020YangiyerPaxtakor-FarmRubin2021ZominGʻijduvonNavbahor Farm2022Navbahor FarmAralPaxtakor-792023YangiyerJizzaxOlimpiya2024Nasaf-2JizzaxOlimpiya2025Lochin (gʻarb)Sementchi (sharq)Zamin (markaz)BuxDU (gʻarb)Doʻstlik (sharq)Chigʻatoy (markaz)Kattaqoʻrgʻon (gʻarb)Andijon FA (sharq)Ishtixon (markaz)
Umumiy jadval 2018—2025-yilgi umumiy mavsum turnir jadvali. OʻrinJamoaMavsumOʻynGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarQaytarilgan gollarOʻziga urilgan gollarOchko1Gʻijduvon489481528176131 +451592Zomin3724971617286 +861543Rubin37740201714881 +671404Lokomotiv BFK5123391272203275 -721295Paxtakor-79495381146143183 -401256Navbaxor-2 Farm36337111411975 +441227Bunyodkor-2491351442150151 -11198Chigʻatoy491271450154206 -52959Shahrixonchi2542710178566 +199110Yangiyer237284510335 +688811Andijon-23662583394124 -308312Sherdor13220487942 +376413Turon12819546723 +446214Aral samali237177136761 +65815Aral Nukus12618356533 +325716Yozyovon132143154555 -104517Labsa132134154748 -14318Iftixor132124164260 -184019Yashnobod451162861123 -623920Yunired126115104540 +53821Neftgazmontaj12011363127 +43622Paxtakor Farm11711244016 +243523Doʻstlik Toshkent12696113339 -63324Qumqoʻrgʻon-197712688103549 -143225Qizilqum-Farm12694133954 -153126Jizzax-Bars23777293962 -233127Doʻstlik Oltiariq22690174558 -132728Nasaf-Farm22673163552 -172429Lochin1207310245−432430Zirabuloq23262243789 -522031Jomboy12052132941−121732Ittifoq-Navoiy12031161958 -391033Lochin-Qarshi9711307 +232234BuxDU8710235 +182235Kattaqoʻrgʻon8521146 +81736Xorazm FA9513149 +51637Aral akademiya8521149 -31238Navoiy FA8215818 -10739Qiziriq9135614 -8640Buxoro FA9126920 -11541Andijon FA95132014 +61642OKMK Semurgʻ94232216 +61443Namangan FA93151314 -11044Bagʻdod82331719 -2945Fargʻona FA8017624 -18146Sirdayo FA8323121201147Toshkent VFA9225518 -13848Jizzax FA9027926 -17249Zamin8620228 -142050Ishtixon96032619 +71851Ahmedov82151016 -67
Yana qarang Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Pro ligasi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston birinchi ligasi // LinkedIn Oʻzbekiston birinchi ligasi // WhatsApp
Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi Turkum:Oʻzbekistonda futbol musobaqalari Turkum:2020-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar