Patila Ergasheva (1952-yil, 7-noyabr, Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — nomdor oʻzbek fermeri hamda dehqoni. Qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi va sohaning yetakchi arboblaridan biri.

„Oʻzbekiston Respublikasida xiz­mat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi“ unvoni (1995-yil), „Mehnat shuhrati“ ordeni, (2002-yil), „Oʻzbekiston Qahramoni“ (2010-yil) kabi mukofotlar sohibasidir.

Buvayda tumanidagi "Doʻstlik" jamoa xoʻjaligi bri­gadiri sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Patila Ergasheva, respublika mustaqillikka erishgandan keyingi yillarida, birinchilardan boʻlib, fermer xoʻjali­gini tashkil qiladi va hozirgacha "Patilaxon" fermer xoʻjaligining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Patila Ergasheva Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yilda, bi­rinchilardan boʻlib, shaxsiy urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etadi. Hozirgi kunga kelib, Buvayda va unga qoʻshni tumanlarda ekilayotgan „Namangan-77“ paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi.

Biografiyasi Patila Ergasheva — Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida 1952-yilning 7-noyabr sanasida mirishkor dehqon oilasida tavallud topgan. Oʻrta maktabni bitirgandan soʻng, oʻz karyerasini boshlashni xohlaydi. Uning dastlabki ish joyi Buvayda tumanidagi „Doʻstlik“ jamoa xoʻjaligi boʻladi. U ushbu xoʻjalik (kalxoz)da brigadir — jamoa yetakchisi sifatida faoliyat yuritadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan soʻng, u oʻzining shaxsiy tijorati — "Patilaxon" fermer xoʻjaligi faoliyatini yurita boshlaydi.

Ushbu xoʻjalik hamda Patilaxon Ergashevaga tegishli boshqa xoʻjaliklarning umumiy maydoni gektardan oshadi. Patila Ergasheva qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — paxta, bugʻdoy va poliz mahsulotlarini urugʻini yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Unga tegishli boʻlgan ushbu xoʻjalikda 40qa yaqin ishchi xodim faoliyat yuritadi (2019). Namangan viloyatidagi yuqori oʻrinlarda qayd etiluvchi 5 ta urugʻchilik xoʻjaliklaridan biriga Patilaxon Ergasheva rahbarlik qiladi. U Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yil bi­rinchilardan boʻlib oʻz urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etgan. Natijada, hozirgi kunga kelib viloyatda ekilayotgan «Namangan-77» paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi.

Patilaxon Ergasheva qishloq xoʻjaligi so­­hasida koʻrsatgan jonbozliklari uchun, prezident Islom Karimov tomonidan, 1995-yil «Oʻzbekiston Respublikasida xiz­mat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi» unvoni, 2002-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2010-yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Manbalar