Kendzi Kasaxara (yap. 笠原 健治, 1975-yilda 6-dekabrda Yaponiyaning Osaka provinsiyasi Minoo shahrida tugʻilgan) — mashhur Mixi ijtimoiy tarmogʻiga asos solgan yapon tadbirkori. Hozirda Kendzi Kasaxara Yaponiyaning eng boy odamlari roʻyxatida 37-oʻrinni egallab turibdi.
Xronologiya 1997-yil: (21-yosh)
Ish qidirish boʻyicha maʼlumot beruvchi Find Job nomli veb-sayt yaratdi.
1999-yil: (23-yoshda)
eMercury Inc kompaniyasiga asos soldi.
2004-yil: (28-yoshda)
Mixi ijtimoiy tarmogʻini ommaga taqdim etdi.
2008-yil: (32-yoshda)
Kendzi Kasaxara Yaponiyaning 40 ta eng boy insonlari roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi. Amerikaning moliyaviy-iqtisodiy jurnali Forbes uning moliyaviy ahvolini 740 million dollar deb baholadi.
Manbalar
Yana qarang Mixi Havolalar Официальный сайт Mixi Интервью на CNN 19 декабря 2007 года
Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:6-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Ijtimoiy media asoschilari