SpaceX CRS-8 (shuningdek, SpX-8 nomi bilan ham tanilgan) SpaceX kompaniyasining Dragon avtomatik yuk fazo kemasining oʻninchi parvozidir. NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida SpaceX tomonidan amalga oshirilgan Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturidagi sakkizinchi parvoz.
Ushbu missiyadan boshlab, barcha Dragon yuk fazo kemalari parvoz paytida raketa tashuvchi avariyaga uchraganda, undan uzilib, burun konusi va negermetik konteynerni tashlab, parashyutlarni ochish va okeanga qoʻnisb germetik yukni bortda saqlab qolish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot bilan jihozlanadi. Ushbu funksiyadan foydalanish imkoniyati Falcon 9 raketa tashuvchisining butun 10 daqiqalik parvozi davomida saqlanib qoladi, ikkinchi bosqichning oxirgi 20 soniyasi bundan mustasno.
Parvoz 6-aprel kuni parvozga tayyorgarlik koʻrish jarayoni doirasida barcha raketa tizimlarining uchishga tayyorligini tasdiqlash uchun Falcon 9 birinchi bosqich dvigatellarining anʼanaviy qisqa yondirish sinovi (static fire) oʻtkazildi.
Falcon 9 raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi 2016-yil 8-aprel kuni UTC soat 20:43 da Kanaveral burnidagi SLC-40 uchirish kompleksida boʻlib oʻtdi. Dragon kosmik kemasi uchirilgandan keyin 10,5 daqiqadan soʻng 209 × 353 km, 51,6 ° egilish bilan koʻzlangan orbitaga chiqarildi. 3 daqiqadan soʻng quyosh panellarining qanotlari ochildi.
Yaqinlashish va tutashtirish Dragon Xalqaro Kosmik Stansiyaga 10-aprel kuni yetib keldi va UTC soat 11:23 da Canadarm2 stansiyasi manipulyatori tomonidan qoʻlga olindi. Soat 13:57 da kema Harmony moduliga muvaffaqiyatli oʻrnatildi.
Birinchi marta NASA tomonidan stantsiyani taʼminlash uchun foydalaniladigan ikkala yuk kemalari (Dragon va Cygnus) bir vaqtning oʻzida Xalqaro Kosmik Stansiyaga oʻrnatiladi.
Fotogalereya
Manbalar