Xiaomi Mi8 — Xiaomi kompaniyasining smartfoni. Kompaniyaning sakkiz yillik yubileyiga bagʻishlab chiqarilgan Mi seriyasining flagmani.
Ekran Ushbu model 18,7:9 boʻlgan 6,21 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ekran 402 pikseli boʻlib, 2248x1080 oʻlchamlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Modelda „kertik“ ekrani mavjud, ammo buni ichki sozlamar orqali oʻzgartirib qoʻyish mumkin, bu esa ekranning yon tomonidagi boʻshliqni qoraytiradi.
Kamera Mi 8 ning asosiy kamerasi DxoMark sayti oʻtkazgan testda 99 ball toʻpladi.
Asosiy kamera ikkita moduldan iborat. Birinchisi Sony IMX363 moduli 12 MP boʻlib, 6 elementli ob’ektiv, f/1.8 diafragma optik stabilizatsiyaga ega.
Ikkinchisi Samsung S5K3M3 moduli 12 MP boʻlib, bir piksel oʻlchami 1 mikron, telefoto linzalari, f/2.4 diafragma hamda ikkita LED chirogʻi mavjud. 2x optik zumga ega.
Asosiy kamera 3840x2160 piksellar soni bilan 60 yoki 30 kadr / sekundda 4K UHD formatda video yozishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Old kamera Samsung S5K3T1, 20 MP boʻlib, f/2 diafragma ega. AI funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Texnik xususiyatlari
Korpus materiallari: shisha, metall (alyuminiy) Operatsion tizim: MIUI 9.5 qobigʻi bilan Android 8.1 ; Xitoy uchun MIUI 12.5.2.0, Xalqaro uchun MIUI 12.0.3.0 hamda Rossiya uchun chiqarilganlarda MIUI 12.0.2.0 bilan ishlovchiAndroid 10.0 ga yangilangan. SIM karta: ikkita nano-SIM (kombo uyasi) Ekran: diagonali 6,21", oʻlchamlari 2248x1080 piksel (18,7: 9), ppi 402 Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845, toʻrtta Kryo 385 Gold 2,8 gigagertsli va toʻrtta Kryo 385 Silver 1,8 gigagertsli. 3 milliard tranzistorni oʻz ichiga oladi. Grafika: Adreno 630 Operativ xotira: 6/8 GB Xotira: 64/128/256 GB Ulagichlar: USB Type-C Asosiy kamera: ikkita modul 12 + 12 MP, chiroq Old kamera: 20 MP Uyali tarmoq: 2G, 3G, 4G, FDD Band 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 12, 17, 20, TDD Band 34, 38, 39, 40, 41 Boshqa aloqa uskunalari: Wi-Fi b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC, aptX-HD Navigatsiya: GPS, GLONASS, Galileo, BeiDou Qoʻshimchalar: barmoq izi skaneri, yuz orqali ochish, yaqinlik sensori, giroskop, akselerometr, elektron kompas, tebranish motori, barometr, Hall sensori, atrof-muhit yorugʻligi sensori, Type-C ulagichi Batareya: 3400 mA / soat, tez zaryadlovchi Qualcomm Quick Charge 4.0 Oʻlchamlari: 154,9 x 74,8 x 7,6 mm Ogʻirligi: 175g
Himoya Ekran va orqa tomoni oleofobik qoplama bilan qoplanga. IP sertifikati mavjud emas (suv va changdan himoya qilish)
Sotish Xiaomi Mi 8 2018-yil 31-mayda eʼlon qilingan. Qurilmaning sotuvi 2018-yilning 5-iyunida Xitoyda boshlangan, telefonlarning birinchi partiyasi 37 soniyada sotib boʻlingan.
Rossiyada savdolar 8-avgustda boshlandi. Model uchta rangda yaʼni koʻk, qora va oq ranglarda chiqarilgan.
Manbalar
Havolalar
Xiaomi Mi 8 — Neofitsialnie proshivki Xiaomi Mi 8 • Ubuntu Touch • Linux Phone