thumb|Anonymous guruhi logotipi Anonymous bu markazlashmagan xalqaro aktivistlar va xakerlar jamoasi hamda harakatidir. Dastavval, ushbu xakerlik guruhi, bir nechta hukumat organlari, davlat muassasalari hamda idoralari, korporatsiyalar va Scientology cherkoviga qarshi amalga oshirilgan turli kiberhujumlar ortidan mashhur boʻlishni boshlagan.
Anonymous guruhi 2003-yilda 4chan imageboard panelida ilk bor koʻrinish bergan. Anonim aʼzolar (anonlar) „V for Vandetta“ grafik romani (komikslar toʻplami)da qoʻllangan Guy Fawkes niqobi orqali omma oldida ajralib turishadi. Anonymous xakerlari ovoz o'zgartirgichlar yoki matndan nutqqa dasturlari orqali asl ovozlarini yashirishni afzal koʻrishadi.
Guruh tashkil topgandan keyin, dastlabki yillar davomida, guruh markazlashmagan tarzda turli xil koʻrinishdagi harakatlar, asosan, oʻyin kulgi maqsadida, amalga oshirishgan. 2008-yildagi Chanology loyihasidan, Scientology cherkoviga qarshi boʻlgan bir qator norozilik namoyishlari, masxara qilish, kiberhujumlar, boshlab Anonymous jamoasi xalqaro miqyosda bir qator masalalar boʻyicha hamkorlikdagi xaktivizm bilan tobora koʻproq aloqaga kirisha boshlaydi. Keyinchalik, Anonymous xakerlik guruhi xaktivizmining maqsadlari doirasiga AQSh, Isroil, Tunis, Uganda kabi davlatlar hukumati, islomiy davlat — IShID, bolalar pornografiyasi saytlari, mualliflik huquqini himoya qilish organlari, Westboro Baptistlar cherkovi, PayPal, MasterCard, Visa va Sony kabi korporatsiyalarini qamrab oladi. Anonymous WikiLeaks va Occupy harakatini ochiq qoʻllab-quvvatlagan. Anonymousga aloqador guruhlar LulzSec va Operation AntiSec AQSh hukumati idoralari, ommaviy axborot vositalari, kompaniyalari, harbiy pudratchilar, harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlariga kiberhujumlar uyushtirishgan. Natijada huquqni muhofaza qilish organlarining guruhlar faoliyatiga eʼtibori ortadi.
Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Ispaniya, Hindiston va Turkiya kabi mamlakatlarda Anonymous kiberhujumlarida ishtirok etgan oʻnlab odamlar hibsga olingan. Guruhning harakatlari va samaradorligini baholash anchagina mushkul vazifadir. Qoʻllab-quvvatlovchilar guruhni „ozodlik jangchilari“ va internet Robin Gudlari deb atashgan, tanqidchilar ularni „kiber linch-mob“ yoki „kiber terrorchilar“ deb taʼriflashgan. 2012-yilda Time jurnali Anonymous guruhini dunyoning "100 ta eng nufuzli odamlari " qatoriga kiritadi. Anonymousning ijtimoiy tarmoq profillari 2018-yilga kelib oʻz faoliyatini toʻxtatadi, lekin, guruh Jorj Floyd noroziliklarini va boshqa sabablarni qoʻllab-quvvatlash uchun 2020-yilda qayta paydo boʻladi.
Falsafasi
Jamiyatdagi ichki norozilik harkatlari ham guruhning personal xususiyatlaridan biri hisoblanadi.Guruh haqida maʼlumotlar ulashuvchi bir veb-sayt uni „Markazlashgan tuzilmadan koʻra gʻoyalar asosida ishlaydigan juda boʻsh va markazlashmagan buyruqlar tuzilmasi“, deya taʼriflaydi. Gabriella Coleman guruh haqida shunday deb yozadi: „Bir tomondan minglab ishtirokchilarning niyati va maqsadini aniqlash imkonsiz boʻlishi mumkin, ularning aksariyati hatto oʻz fikrlari, motivatsiyalari va reaksiyalaridan iz qoldirishni xohlamaydilar. Ushbu ish bilan mashgʻul insonlar orasida fikrlar sezilarli darajada farq qiladi“.
Umuman olganda, Anonymous aʼzolari Internet senzurasi va nazoratiga qarshi, ularning aksariyati senzurada ayblagan hukumatlar, tashkilotlar va korporatsiyalarga qaratilgan. Guruh global Occupy harakati va Arab bahorining dastlabki tarafdorlari boʻlishgan. 2008-yildan beri Anonymous atrofidagi tez-tez yuz beruvchi baxsli mavzular qatoriga „xakerlar pranklar va oʻyin-kulgiga eʼtibor qaratishlari kerakmi yoki jiddiyroq (va baʼzi hollarda siyosiy) faollikka eʼtibor berishlari kerakmi?“ degan mavzu eng yuqori qatorlarda kirgan.
2 Anonymous yakka shaxs tomonidan boshqarilmaydi.Parmy Olson va boshqalar guruhni yaxshi tashkil etilgan yoki bir xil deb koʻrsatuvchi ommaviy axborot vositalarini tanqid qilishadi. Baʼzi aʼzolar qonuniy vositalar yordamida norozilik bildirishadi, boshqalari esa DDoS hujumlari va xakerlik kabi noqonuniy choralarni qoʻllashadi. Jamoa aʼzosi ekanligini bildirishni istagan har bir kishi aʼzolikka ochiqdir. The Observer gazetasidan britaniyalik jurnalist Carole Cadwalladr guruhning markazlashmagan tuzilmasini al-Qoida bilan taqqoslagan holda shunday deydi: „Agar siz Anonymousga ishonsangiz va oʻzingizni uning nomi bilan atasangiz, siz uning aʼzosiz“. Ilgari Anonymous-ni „brend“ deb taʼriflagan Olson 2012-yilda uni guruh emas, balki „harakat“ sifatida tavsiflashini aytadi: „Hamma uning bir qismi boʻlishi mumkin. Bu turli maqsadlarda birgalikda ishlaydigan va birgalikda ishlarni qiladigan odamlar olomoni, noaniq odamlar olomonidir“.
Guruhning bir nechta qoidalariga shaxsini oshkor qilmaslik, guruh haqida gapirmaslik va ommaviy axborot vositalariga hujum qilmaslik kiradi. Aʼzolar odatda „Biz anonimmiz. Biz legionmiz. Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Bizni kuting.“ Brayan Kellining yozishicha, guruhning uchta asosiy xususiyati „(1) toʻgʻridan-toʻgʻri provokatsiyadan qatʼi nazar, muammolar va huquqlarga nisbatan shafqatsiz axloqiy pozitsiya; (2) onlayn xakerlik faoliyati bilan birga keladigan jismoniy mavjudlik; va (3) oʻziga xos brend.“
Jurnalistlarning fikricha, Anonymousning maxfiyligi, uydirmalari va ommaviy axborot vositalaridan xabardorligi guruh harakatlari va motivlari haqida xabar berish uchun noodatiy qiyinchilik tugʻdiradi.Wired' jurnali vakili Quinn Norton shunday yozadi: „Anonymouslar yolgʻon gapirishga hech qanday sabab boʻlmasa yolgʻon gapirishadi. Ular ijro shakli sifatida keng toʻqimalarni toʻqishadi. Keyin, ular kutilmagan va baxtsiz paytlarda haqiqatni aytadilar, baʼzida bu jarayonda oʻzlarini yoʻq qilishadi. Ularni nima qilishlarini oldindan aytib boʻlmaydi.“. Nortonning taʼkidlashicha, guruh haqida xabar berishdagi qiyinchiliklar koʻpchilik yozuvchilarni, shu jumladan oʻzini ham „Anonymousning dengiz ovoziga emas balki, legionning diqqat markazini oʻgʻirlagan, ularning qadriyatlariga qarshi chiqqan va qonunga zoʻravonlik bilan zarba bergan kichik xakerlar guruhlari“ga eʼtibor qaratishlariga sabab boʻladi
Tarixi
4chan reydlari (2003-2007) Anonymous nomining oʻzi foydalanuvchilar tasvir va sharhlarni Internetda anonim tarzda joylashganidan ilhomlanishgan. Anonim atamasi umumiy identifikatsiya maʼnosida qoʻllanishi tasvirlar panelida, xususan, tasodifiy tarkibga va boshqa veb-saytlarga hujum qilishga bagʻishlangan 4chan panelida boshlangan. Anonim yorligʻi eʼlon qilingan kontentning muallifini aniqlamasdan sharh qoldiradigan tashrif buyuruvchilarga beriladi. Tasvirlar taxtasi foydalanuvchilari baʼzan hazillashib, xuddi Anonim yagona shaxs kabi harakat qilishardi. Anonim obyekt kontseptsiyasi 2004-yilda 4chan tasvirlar taxtasidagi maʼmur barcha xabarlarni Anonim sifatida imzolagan „Forced_Anon“ protokolini faollashtirganda rivojlanadi..Tasvir taxtalarining mashhurligi oshgani sayin, nomaʼlum shaxslar jamoasi sifatida Anonymous gʻoyasi Internet-memga aylanadi.
4chan paneli foydalanuvchilari vaqti-vaqti bilan ommaviy hazil yoki reydlarga qoʻshilishadi. Masalan, 2006-yil 12-iyuldagi reydda koʻp sonli 4chan oʻquvchilari Finlandiyaning Habbo Hotel ijtimoiy tarmogʻiga bir xil avatarlar bilan bostirib kirishadi; avatarlar doimiy Habbo aʼzolarining raqamli mehmonxona hovuziga kirishini toʻsib qoʻyishdi va u „muvaffaqiyatsizlik va OITS tufayli yopilgan“ligini taʼkidlanadi. Boʻlajak LulzSec aʼzosi Topiary oʻsha paytda sayt bilan shugʻullanib, katta auditoriyani Skype orqali ularning telefon qoʻngʻiroqlarini tinglashga muvaffaq boʻladi}}. 4chan panelidagi trafik ortib borayotganligi sababli, foydalanuvchilar tez orada Internet Relay Chat (IRC) yordamida saytdan tashqarida pranklarni rejalashtirishni boshlaydilar. Ushbu reydlar natijasida Anonymous haqidagi birinchi asosiy matbuot hikoyasi, Los-Anjeles, Kaliforniya, AQShdagi Fox stansiyasi KTTV hisobotida guruhga „steroid xakerlar“, „mahalliy terroristlar“ va „Internetga nafrat“ deb nom berilgan.
Dramatik ensiklopediya (2004-yildan hozirgi kungacha) Dramatika entsiklopediyasiga 2004-yilda Sherrod DeGrippo tomonidan dastlab LiveJournal bilan bogʻliq gʻiybatlarni hujjatlashtirish vositasi sifatida asos solingan, ammo u tezda Anonymous tomonidan masxara qilish va boshqa maqsadlar uchun tanlangan platforma sifatida qabul qilingan. Ish uchun xavfsiz boʻlmagan saytlar buzgʻunchisi „Internet troll“, Internet memlari, madaniyati va ommaviy pranklar, trollik voqealari, „reydlar“, Internet xavfsizligining keng koʻlamli muvaffaqiyatsizliklari va Internet hamjamiyatlarini tanqid qilish kabi voqealarni hujjatlashtiradi. Ushbu ensiklopediya anʼanaviy va tashkil etilgan ommaviy axborot vositalarida obroʻ qozonish yoki ijobiy yoritish uchun oʻz-oʻzini senzura qilishda ayblangan. Jurnalist Julian Dibbell Dramatica entsiklopediyasini „Anonymousning keng parallel olami hazillar, iboralar va obsesyonlar mehr bilan izohlangan sayt“ deb taʼriflagan va siz murakkab trolling madaniyati bilan tanishasiz, deya qoʻshimcha ham qilgan. Sayt Chanology loyihasining anti — scientology kampaniyasining ham bir qismi hisoblangan Project Chanology „mention“ begins approximately 27:45 minutes into the presentation..
2011-yilning 14-aprelida saytning asl URL manzili Dramatica Encyclopediaʼga unchalik oʻxshamaydigan Oh Internet nomli yangi veb-saytga yoʻnaltirildi. ED hamjamiyatining bir qismi oʻzgarishlarni qattiq tanqid qiladi. Bunga javoban, Anonymous sayt mazmunini qutqarish va tiklash uchun „Operation Save ED“ ni ishga tushiradi. Veb-ekologiya loyihasi sobiq Dramatica Encyclopedia kontentining yuklab olinadigan arxivini yaratadi. Saytning reenkarnatsiyasi dastlab encyclopediadramatica.ch saytida Rayan Clearly’ga tegishli boʻlgan serverlarda joylashtirilgan boʻlgan. U keyinchalik LulzSec tomonidan Sony-ga qarshi hujumlar tufayli hibsga olingan.
Chanology loyihasi (2008) thumb|300x300px|"Message to Scientology", 2008-yil, 21-yanvar. Anonymous birinchi marta 2008-yilda Project Chanology deb nomlanuvchi Scientology cherkoviga qarshi bir qator harakatlardan soʻng xaktivizm xaktivizm bilan bogʻlangan. 2008-yilning 15-yanvarida Gawker gʻiybat blogi mashhur sayentolog Tom Kruz dinni maqtagan videoni joylashtiradi va cherkov mualliflik huquqini buzganlik uchun toʻxtatish xati bilan javob beradi. 4chan foydalanuvchilari qasos olish uchun cherkovga qarshi reyd uyushtirishdi, uning ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishdi, siyoh kartrijlarini isrof qilish uchun moʻljallangan qora fakslarni joʻnatishdi va uning veb-saytlariga DDoS hujumlarini uyushtirishadi.
DDoS hujumlari dastlab Gigaloader va JMeter ilovalari yordamida amalga oshirilgan. Bir necha kun ichida ular foydalanuvchilarga serverni TCP yoki UDP paketlari bilan toʻldirishga imkon beruvchi tarmoq stress-testi ilovasi Low Orbit Ion Cannon (LOIC) bilan almashtirildi. LOIC tez orada Anonymous arsenalida imzo quroliga aylandi; ammo, bu, shuningdek, IP manzillarini yashira olmagan tajribasiz Anonlarning bir qator hibsga olinishiga olib keladi. Anonymous IRC kanallaridagi baʼzi operatorlar yangi koʻngillilarga LOICdan foydalanish hech qanday yuridik xavf tugʻdirmasligini notoʻgʻri aytishgan yoki yolgʻon gapirishgan. left|thumb| 2008-yil 10-fevralda Sayentologiya markazi oldidagi namoyishchilar DDoS hujumlari paytida bir guruh Anons YouTube-ga video yuklashdi, unda robot ovozi Anonymous nomidan gapiradi va „Saentologiya yetakchilariga“ „Sizning izdoshlaringiz, insoniyat farovonligi uchun — kulish uchun“ Biz sizni internetdan chiqarib yuboramiz.", deyishadi. Oʻn kun ichida video yuz minglab tomoshalarni oʻziga tortadi.