Pyotr Dobrinin haykali inqilobchi, Moskvadagi oktabr qurolli qoʻzgʻoloni ishtirokchisi Pyotr Dobrininga oʻrnatilgan yodgorlik boʻlib, 1967-yil 4-iyul kuni Moskoverskiy tumanidagi pionerlar va maktab oʻquvchilari tashabbusi bilan „Dobryninskaya“ metro bekati foyesi yaqinida oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari esa haykaltarosh Gennadiy Dmitrievich Raspopov va meʼmor V. M. Pyaskovskiy hisoblanadi. 1997-yilda mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros ob’ekti sifatida roʻyxatga olingan. Oxirgi restavratsiya ishlari 2009-yilda amalga oshirilgan va ular granit yuzasini turli ifloslantiruvchi moddalardan tozalash, antiseptik va konservatsiya ishlarini oʻz ichiga olgan.

Qizil granit byust baland poydevorda oʻrnatilgan boʻlib, unda quyidagi yozuv oʻyib yozilgan: „Bolshevik Pyotr Dobrinin (1894-yilda tugʻilgan) — Zamoskvorechye Qizil Gvardiyasi tashkilotchilaridan biri. U 1917-yil oktabr oyida Moskvada boʻlib oʻtgan janglarda Sovet hokimiyati uchun qahramonlarcha halok boʻldi“.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Moskva haykallari mashhur va taniqli insonlar Dobrynina Turkum: alfavit haykallari Turkum:Moskvada 1967-yilda qurilgan binolar va inshootlar Turkum: 1967 haykallar