thumb|right|250px Gʻalaba ruhi (; shuningdek – Gʻalaba, Gʻolib) – 1532-1534 yillarda Mikelanjelo tomonidan yasalgan haykal. Ushbu haykaltaroshlik guruhida keksa odam ustida turgan yosh va baland boʻyli yigit tasvirlangan. Yigitning chap tizzasi magʻlubni bosib turibdi, oʻng qoʻli esa zarba berish uchun koʻtarilgandek. Haykal gʻayrioddiy nisbatlar bilan ajralib turadi – yigitning boshi kichik, bu uning tanasining uzunligini yanada aniqroq koʻrsatib beradi, ayniqsa pastdan yuqoriga qaragandaWilliam E. Wallace. The Treasures of Michelangelo, p. 38 —39.

Ehtimol, bu haykaltaroshlik guruhi dastlab Rim papasi Yuliy II qabri uchun moʻljallangan boʻlganErpel Frits, Mikelandjelo, s. 14, lekin Mikelanjeloning vafotigacha uning Florensiyadagi ustaxonasida saqlanib qolgan. Daniele da Volterra uni rassomning qabriga oʻrnatmoqchi ediR. Rollan, Jizn Mikelandjelo, s. 73.

Shuningdek, haykalning tugallanganligi yoki „non-finito“ texnikasiga tegishli ekanligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻqWilliam E. Wallace. The Treasures of Michelangelo, p. 38 —39.

Romen Rolland haykalning ichki mazmuni haqida shunday yozgan:

Uilyam Uollesning taʼkidlashicha, tadqiqotchilar haligacha bu haykalni qaysi rakursdan koʻrib chiqish kerakligini hal qila olmaganlarWilliam E. Wallace. The Treasures of Michelangelo, p. 38 —39. Xuddi shu xususiyat – bitta rakursning yoʻqligi – uning Ikki jangchi yoki Gerkules va Kakus loy modelida ham bor.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum: Mikelanjelo Haykallari Turkum: marmar haykallar Turkum: haykaltaroshlik guruhlari Turkum: XVI asr haykallari Turkum:yalang'och erkaklarni tasvirlaydigan haykallar