Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (ingl. The World Society for the study, preservation and popularization of the cultural legacy of Uzbekistan) — Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro notijorat madaniy va jamoat tashkiloti hisoblanadi.
U 2018-yilda Sankt-Peterburgda yaratilgan. Dunyo boʻylab 400 dan ziyod olimlarni jipslashtiradi.
Jamiyatning maqsad va vazifalari
Mutaxassislar, nashrlar, ilmiy-texnik innovasiyalar, texnologiyalar, foydali hujjatlarning xalqaro ilmiy almashinuviga koʻmaklashish. Muzey, arxiv va kutubxona jamgʻarmasini saqlash va hisobga olish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish. Yangi notijorat ta’lim resurslarini yaratishga koʻmaklashish. Xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etishda yordam berish. Muzeylar, arxivlar va kutubxonalar jamgʻarmalarining ochiqligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ularni ommaviy namoyish qilish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa ommaviy axborot vositalarida koʻpaytirish orqali ragʻbatlantirish. YUNESKO mezonlariga muvofiq ma’lumotlarni qidirish va qayta ishlash, nashriyot faoliyati hamda konservasiya va restavrasiya ishlari uchun xalqaro grantlar olishda olimlar va tashkilotlar koʻmaklashish. Nashriyot va ommaviy axborot vositalari faoliyatini amalga oshirish. Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrab-avaylash va ommalashtirish masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Jamiyat a'zolari Mazkur jamiyatga dunyoning turli burchaklaridan kelgan 400 dan ziyod sharqshunos olimlar, jamiyat va madaniyat arboblari a’zolarini tashkil etadi.
Jamiyat tuzilmasi
Hukumat organi Ilmiy kengash Rahbariyat Kongress
Jamiyat loyihalari
“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” 50 ta kitob-albomlarni nashr etishШедевры культурного наследия Узбекистана описаны в 50 альбомах Oʻzbekiston me’moriy epigrafiyasiФото: Секреты надписей на архитектурных памятниках Узбекистана 100 ta bebaho qadimiy qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarining nashr etishРедчайшая рукопись «Хамсы» Алишера Навои будет издана в виде факсимильной копии и возвращена в Узбекистан “Oʻzbekiston madaniy merosi” yoʻnalishi doirasida tarixiy eksponatlar va qoʻlyozmalarni saqlashda ilgʻor ilmiy texnologiyalardan foydalanishКультурное наследие Узбекистана - фундамент Нового Ренессанса Xorijiy hamkorlar va BBC, 1-Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda madaniyat va tarixiy merosga oid hujjatli filmlarni suratga olish ishlarini tashkil etishВ Узбекистане снимают серию документальных фильмов о нематериальном культурном наследии Xalqaro yillik kongress va media-tadbirlarПятый конгресс Всемирного Общества
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston madaniyati Turkum:Oʻzbekiston tashkilotlari