Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining senatorlaridan iboratdir. Parlamentning quyi palatasi kabi Senat ham mamlakatning asosiy vakillik organi bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Oliy Majlis Senati Oʻzbekistonda alohida siyosiy institut bo‘lib, keng vakolatlarga ega bo‘lib, qonun ijodkorligi jarayonining yaxlit tizimida, jumladan, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan o‘zaro hamkorlikda muhim o‘rin egallaydi. Oliy palataning nazorat funksiyalarini amalga oshirish parlament faoliyatining asosiy elementlaridan biri sifatida barcha darajadagi qonunlarning to‘g‘ri tatbiq etilishiga, har bir shaxsning huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlashga qaratiladi. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to'rt kishidan saylanadi. Senatning to'qqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senatorlar saylanishi 2020-yilning 16–17-yanvar kunlarida Oʻzbekiston viloyatlarida, tumanlarida va shaharlarida, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesida davlat vakillik organlari deputatlarining qoʻshma yigʻlishlari boʻlib oʻtdi. Unda xalq deputatlari orasidan Senat aʼzolari saylandi. Hududiy vakillik palatasi bo‘lgan Senat a’zolari teng miqdorda – Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan – jami 84 nafardan saylandi. 2020-yilgi Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, 23 nafar ayol senator va 61 nafar erkak senator boʻlgan edi. 84 nafar senatordan 77 nafari yoki 92 foizi oʻzbek, 3 nafari qoraqalpoq, 2 nafari tojik, 1 nafari qozoq va 1 nafari rus millatiga mansub edi.

Partiyaviy tegishligi PartiyaPartiya logotipiAʻzolar soniPartiyalar diagrammasiOʻZLiDeP80px38300x300px XDP80px22Milliy tiklanish80px11Adolat80px5OʻEP80px2Prezident tomonidan tanlanganlar9Maʼlumot yoʻq6Jami65

Senat kengashi LavozimiPartiyasiIsmiHududLavozimi boshlanishiSenat RaisiTanzila NorboyevaToshkent shahri21-iyun 2019-yilSenat Raisining birinchi oʻrinbosari100pxSodiq SafoyevPrezident farmoni13-dekabr 2016-yilSenat Raisining birinchi oʻrinbosari, Joʻqorgʻi Kengeshning Raisi100pxAmanbay OrinbayevQoraqalpogʻiston Respublikasi20-dekabr 2022-yilSenatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi134x134pxRavshanbek OlimovAndijon viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi134x134pxErkin GadoyevBuxoro viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi133x133pxQutbiddin BurxonovToshkent viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi133x133pxNarimon UmarovPrezident farmoni20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi100pxBahodir TojievXorazm viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi134x134pxBaxtiyor SayfullayevPrezident farmoni20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi133x133pxOdiljon IminovAndijon viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi133x133pxMalika QodirxonovaToshkent viloyati20-yanvar 2020-yil (?)Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi133x133pxBoriy AlixanovPrezident farmoni20-yanvar 2020-yil (?)

Senatorlar roʻyxati +№№HududTasvirSenatorPartiyasiQoʻmitaga aʼzoligiTugʻilgan sanasiTugʻilgan joyiMillatiKasbiMutaxasisligiMaʼlumoti11Qoraqalpogʻiston