(Gʻaroyib maxluqotlar: Dumbledore sirlari) 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi filmdir. Film rejissori — David Yates. Ssenariy mualliflari — J. K. Rowling va Steve Kloves. Film Jodu saltanati (2016) va Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati (2018) filmlarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Filmda bosh rollarni Eddie Redmayne, Jude Law, Ezra Miller, Dan Fogler, Alison Sudol, Callum Turner, Jessica Williams, Katherine Waterston va Mads Mikkelsen jonlantirgan.
Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore premyerasi AQShda 2022-yil 15-aprelda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $407 million jamgʻardi.
Syujeti 1932-yili Xitoyning Guylin provinsiyasida Newt Scamander insonlar qalbi va kelajakni koʻra bilish qobiliyatiga ega sehrli mavjudot — Qilin dunyoga kelishiga koʻmaklashadi. Credence Barebone boshchiligidagi Gellert Grindelwaldning yordamchilari ularni topib, Qilinning onasini oʻldirishadi, oʻzini esa oʻgʻirlab ketishadi. Keyinchalik, Grindelwald Qilinning kelajakni koʻra bilish qobiliyatidan foydalanish uchun uni oʻldiradi. Biroq, Newt tomonidan hayoti saqlab qolingan Qilinning egizi ham bor boʻladi.
Rollarda Eddie Redmayne — Newt Scamander Jude Law — Albus Dumbledore Ezra Miller — Credence Barebone / Aurelius Dumbledore Dan Fogler — Jacob Kowalski William Nadylam — Yusuf Kama Callum Turner — Theseus Scamander Jessica Williams — Eulalie „Lally“ Hicks Victoria Yeates — Bunty Poppy Corby-Tuech — Vinda Rosier Fiona Glascott — Minerva McGonagall Katherine Waterston — Tina Goldstein Mads Mikkelsen — Gellert Grindelwald
Manbalar
Havolalar
Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Spin-off filmlar Turkum:4DX-filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar