Ehlers-Danlos sindromi — biriktiruvchi toʻqimalarning genetik patologiyalari guruhiga kiradi. Bunda kollagen tuzilishini kodlovchi DNK sohalarida yoki kollagen tolasi hosil boʻlish jarayonida qatnashuvchi biologik faol oqsillar haqida maʼlumot saqlovchi DNK qismlaridagi patologiya hisoblanadi.

Kasallikning aniqlangan shakllarining tarqalishi 1:15 000 tugʻilishni tashkil etadi, ammo haqiqiy tarqalish ancha yuqori, bu kasallikning tekshirish qiyinligi va kasallik kechishining koʻplab yengil va yashirin variantlari mavjudligi bilan bogʻliqdir. Ogʻir shakllari juda kam uchraydi, ularning chastotasi 1:100 000 tugʻiladi. thumb| Boʻgʻimlarning boʻshashishi, terining haddan tashqari choʻzilishi, atrofik chandiqlar paydo boʻlishi bilan yaraning yomon bitishi bu kasallikning asosiy xarakterli belgilari boʻlib sanaladi.

Tarixi Birinchi marta 1682-yilda Job Van Makaren tomonidan tasvirlangan, keyinchalik esa ushbu sindrom Edvard Ehlers va Genri-Aleksandre Danlos tomonidan 1901 va 1908-yillarda nashr etilgan oʻzlarining ishlarida batafsil tahlil qilingan. Patogenezi Ehlers-Danlos sindromi — bu irsiy va kimyoviy anomaliyada farq qiluvchi biriktiruvchi toʻqima displaziyalarining kombinatsiyasidir.

Tasdiqlangan kuzatuvlarning koʻpchiligida autosomal dominant tarzda nnasldan — naslga oʻtishi qayd etilgan.

Bu sindromda bilan biriktiruvchi toʻqimaning asosiy elementlaridan biri — kollagen tolasining asosini tashkil etuvchi fibillan oqsilining tuzilishini kodlovchi genlarning DNK tuzilishida mutatsiyalar kuzatiladi. Kasallikning birinchi va ikkinchi turlarida fibroblast faolligining pasayishi, proteoglikanlar ishlab chiqarilishining koʻpayishi, kollagenning normal ishlab chiqarilishiga hissa qoʻshadigan oqsillarning faolligining pasayishi yoki toʻliq yoʻqligi kuzatiladi. Proalfa 1 (V) yoki Proalfa 2 (V) kollagen zanjirlari beshinchi tipida molekulyar nuqson topilgan. Autosomal — dominant tipda irsiylanadi. Uchinchi tip kollagen III alfa1, tenascin X sintezi uchun javobgar genlardagi mutatsiyalar tufayli yuzaga keladi, bu kollagen ishlab chiqarishning yetarli emasligi bilan namoyon boʻladi bu esa oʻz navbatida boylamlar va paylarning shikastlanishi va tez-tez boʻgʻimlarning joyidan chiqib ketishiga olib keladi. Bu turi ham autosomal -dominant turda irsiylanadi. Toʻrtinchi tur yurak-qon tomir tizimining patologiyasi bilan namoyon boʻladigan qon tomir devori tuzilishining bir qismi boʻlgan uchinchi turdagi kollagen tolalari ishlab chiqarilmasligi bilan belgilanadi va teri kasallikning boshqa kichik tiplariga qaraganda kamroq shikastlanadi. Barcha kalibrli tomirlarning tez-tez yorilishi kuzatiladi.

Beshinchi variantda X xromosomasi bilan bogʻliq boʻlgan retsessiv irsiylanishi tasvirlangan, uning patogenezi yetarlicha oʻrganilmagan.

Oltinchi turida kollagen tarkibida gidroksil guruhining lizinga biriktirilishini taʼminlovchi, yaʼni kollagenni oʻzgartiruvchi ferment boʻlgan lizilgidroksilaza oqsilining etishmasligi bilan bogʻliq. Autosoma — retsessiv ravishda irsiylanadi. Bu nafaqat pay, bogʻlamlar va dermaning shikastlanishi, balki koʻruv va mushak apparatlarining patologiyasi bilan ham namoyon boʻladi.

Yettinchi tipda birinchi turdagi kollagen prekursorining kollagenga oʻzgarishi buziladi. Irsiylanishining autosomal — retsessiv va autosomal — dominant variantlari tasvirlangan. Bunday bemorlar qisqa boʻyli boʻlib, ular ogʻir qoʻshma patologiyaga ega boʻladilar.

Oʻninchi tipda hujayralararo moddaning hosil boʻlishida ishtirok etadigan plazma fibronektinida nuqson mavjud boʻladi. Kasallikning klassik koʻrinishlaridan tashqari, oʻninchi tipda trombotsitlarning agregatsiya xususiyatlarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan qon ivishining buzilishi va terida chiziqli chandiqlar koʻzga tashlanadi. Autosomal — retsessiv turda irsiylanadi.

Patologik jihatdan barcha turdagi Ehlers-Danlos sindromi teri qalinligining pasayishi, kollagen tuzilmalarining patologik yoʻnalishi va strukturasining buzilishi, elastik tolalarning ustunligi, gipervaskulyarizatsiya, tomirlar va arteriyalar diametrining oshishi bilan namoyon boʻladi.thumb| Belgilari terining elastikligini oshishi teri ostida qizil tusda halqalarning boʻlishi boʻgʻimlarning giperharakatchanligi biriktiruvchi toʻqima tuzilmalarining zaifligi; qon ketishining kuchayishi. Kasallikning klinik koʻrinishi sezilarli darajada sindromning turi va kichik turiga bogʻliq.thumb| 1-tip quyidagi klinik koʻrinishga ega: terining haddan tashqari choʻziluvchanligi; keng atrofik chandiqlar; boʻgʻim tizimning harakatchanligini oshirish; silliq, baxmal teri; teri ostidagi tugunchalar; teri ostidagi yumaloq oʻsmasimon hosilalar; boʻgʻimlarning zaifligi belgilari; oyoq kaftining tekislanishi — yassioyoqlik; minimal taʼsirga ega gematomalar; thumb| diafragma churrasi; tos boʻshligʻi mushaklarining zaifligi; ayollarda bachadon boʻyni yetishmovchiligi; operatsiyalardan soʻng yumshoq toʻqimalar nuqsonlarining shakllanishi.

Giperharakatchan (gipermobil) shaklida terining haddan tashqari choʻzilishi boʻgʻimlarning takroriy dislokatsiyasi(oʻz joyidan siljishi) muntazam artralgiya va mialgiyalar bilan namoyon boʻladi.

Qon tomir shaklida akrogeriya (qoʻl va oyoq teri qoplamida degenerativ oʻzgarishlar), thumb| mayda boʻgʻimlarda harakatchanlikning kuchayishi tayanch-harakat tizimining yumshoq toʻqimalarining yorilishi, maymoqoyoqlik yoshlikdanoq vena tomirlari varikoz kengayishi kuzatiladi pnevmo- va pnevmogemotoraks milklarning toʻliq rivojlanmaganligi

Kifoskoliotik shakl thumb| neonatal davrdayoq mushak tonusining keskin pasayishi vaqt oʻtishi bilan yomonlashadigan tugʻma skolioz skleraning yupqalashishi koʻzning yorilishi terining tuzilishining buzilishi koʻkarishlar, tomirlarning yorilishi marfanoid koʻrinishi diametri yetarli boʻlmagan shox parda rentgenografiya paytida aniqlanadigan suyak shakllanishining buzilishi kuzatiladi.

Artrokalaziya shakli quyidagi klinik koʻrinishlarga ega:

boʻgʻimlarning tez -tez joylaridan siljib ketishi neonatal davrdayoq aniqlanadigan har ikki tomondagi son -chanoq boʻgʻimining notoʻgʻri joylashuvi terining giperelastikligi; toʻqimalarning zaifligi; striae(chiziqlar, terida ingichka toʻlqinsimon chiziqlarning) shakllanishi, minimal taʼsir qilish koʻrsatilsa qon ketishi; mushaklarning tarangligining pasayishi suyak mineral zichligining pasayishi; umurtqa pogʻonasining egriligi.

Dermatosparaksik shaklda terining sezilarli atrofiyasi, osilishi, ortiqcha teri qoplami dermaning yumshashi oson qon ketishi homiladorlik paytida istmik-servikal etishmovchilik katta churralar kuzatiladi.

Tasnifi va rivojlanish bosqichlari Eski tasnifga koʻra, EDMSning 11 turi ajralib turadi (hozirda IX va XI tasnifdan chiqarib tashlangan). 1-toifa — ogʻir, klassik; 2-toifa — yengil, klassik; 3-toifa — yaxshi sifatli shakli, barcha boʻgʻimlarning harakatchanligi kuchaygan, mushaklar va skeletning patologiyasi yoʻq, teri deyarli patologik jarayonlarga duch kelmaydi; 4 turi — arterial yoki ekximotik (tomir)shakli; 5-toifa — boʻgʻimlarning minimal giperharakatchanligi, terining sezilarli darajada yuqori choʻzilishi. Dermaning gemorragik koʻrinishlari va nuqsonlari oʻrtacha; 6-toifa — okulo-skoliotik, umurtqa pogʻonasining jiddiy egriligi, osteoporoz, teri va artikulyar apparatlarning patologik jarayonga ozgina aralashishi, koʻz toʻqimalarining sezilarli zaifligi, koʻz olmasining yorilishiga olib kelishi mumkin; 7-toifa — bemorlarning boʻyi pastligi, boʻgʻimlarning sezilarli umumiy gipermobilligi, katta boʻgʻimlarning boylamlarining zaifligi bilan tavsiflanadi. Terining choʻzilishi biroz oshadi. Yuzning xarakterli xususiyatlari: keng joylashgan koʻzlar, epikant, yuz oʻrta qismining pachoqligi; 8-toifa — boʻgʻimlarning gipermobilligi, terining sezilarli zaifligi bilan namoyon boʻladi. Periodontal kasallik tufayli koʻpincha tishlarning erta yoʻqolishi yuzaga keladi; 10-toifa — sindromning tipik koʻrinishlariga qoʻshimcha ravishda trombotsitlarning gipoagregatsiyasi mavjud. Terida atrofik chandiqlar va koʻkarishlar aniqlanadi. Piter Bayton va boshqalar tomonidan soddalashtirilgan klinik tasnifida kasallikning oltita asosiy turi mavjud. Aynan shu tasnif xalqaro foydalanish uchun eng maqbul hisoblanadi. Shakllarning mutlaq soni uchun katta va kichik diagnostika mezonlari mavjud. Kasallikni maʼlum bir turga bogʻlash uchun kamida 1 ta asosiy mezon talab qilinadi. Kichik mezonlar kasallikning pastki turini aniqlashga yordam beradi, ammo tashxis qoʻyish uchun bir oʻzi yetarli emas.

Klassik turi

Katta mezonlar: teri qoplamlarining haddan tashqari tarangligi; chiziqlar — striyalar; bogʻlamlarning haddan tashqari choʻzilishiga olib keladigan harakatchanlikni oshishi; suyaklarning dislokatsiyasi yaʼni notoʻgʻri joylashuvi; oyoq kafti gumbazining tekislanishi. Kichik mezonlar: yumshoq, mayin teri; soxta oʻsmalar (, teriga tez-tez taʼsir qilish joylarida va shikastlanish joyida teri ostida hosilalar oʻsishi); teri osti tugunlari (kichik, harakatchan, zich, distal sohalarda joylashgan, baʼzan dekalsifikatsiyalangan va rentgenogrammalarda koʻrinadigan boʻladi); skelet mushaklari gipoplaziyasi; koʻkarishlar shakllanishiga moyillik; diafragmaning churrasi, tos boʻshligʻi mushaklarining zaifligi bilan namoyon boʻladigan biriktiruvchi toʻqima tuzilmalarining zaifligi; operatsiyadan keyingi yumshoq toʻqimalarning nuqsonlari; mitral qopqoq nuqsonlari; aorta ildizining kengayishi; amniotik suyuqlikning muddatidan oldin yorilishi. Autosomal — dominant tipda irsiylanadi, EDSning klassik turi genetik jihatdan geterogendir: bunda 5-toifa kollagenni kodlovchi genlarda (COL5AI va COL5A2) va 1-toifa kollagenni kodlovchi COL1A1 genda nuqsonlar aniqlanadi.

Klassik turda ikkita kichik tip 1 (ogʻir) va II (yengil) farqlanadi. Aslida esa bu bir xil kasallikning allel shakllaridir.

Teri-boʻgʻim turi

Katta mezonlar: choʻziluvchan yoki yumshoq teri; barcha boʻgʻimlarning boʻshligi. thumb|

Kichik mezonlar: takroriy dislokatsiyalar; surunkali artralgiya; oʻxshash alomatlarga ega qarindoshlarning mavjudligi; mitral qopqoq yetishmovchiligi; aorta ildizining kengayishi. Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi.

Qon tomir turi

Katta mezonlar: nozik teri; qon tomirlarining yorilishi; tos boʻshligʻi mushaklarining zaifligi; koʻkarishlarga moyillik; tipik yuz (nozik uchli burun, kichkina lablar, teri choʻzilgan, yonoqlari choʻkib ketgan va teri osti toʻqimalarining atrofiyasi tufayli koʻzlar boʻrtib ketganga oʻxshaydi). Ikki yoki undan ortiq asosiy mezonlarning mavjudligi kasallikning ushbu turini tasdiqlashni koʻrsatadi.

Kichik mezonlar: kichik boʻgʻinlarning boʻshligi; boylam va mushak apparatlarining shikastlanishi; siydik pufagining yorilishi; vena tomirlarining varikoz kengayishi; pnevmo- yoki pnevmogemotoraks; tishlarning boʻyinlari va ildizlarining koʻchishi; oilada shu kasallik qayd etilganligi; Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi. Kasallik III tipdagi kollagen pro-alfa 1 zanjiri biosintezi haqidagi maʼlumotlarni kodlaydigan COL3A1 genidagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.

Artikulyar turi (artroxolaziya)

Katta mezonlar: koʻpchilik boʻgʻimlarning kuchli boʻshligi; takroriy boʻgʻim chiqishlari; sonning tugʻma dislokatsiyasi. Kichik mezonlar: terining haddan tashqari choʻzilishi, toʻqimalarning zaifligi; koʻkarishlarga moyillik; mushaklarning gipotenziyasi; kifoskolioz; osteoporoz. Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi. Kasallik 1-toifa kollagenning alfa 1 va alfa 2 zanjirlarini kodlovchi COL1A1 va COL1A2 genlarining patologiyasi tufayli yuzaga keladi.

Teri turi (dermatosparaksiya)

Katta mezonlar: terining tez shikastlanuvchanligi; burmali teri. Kichik mezonlar: yumshoq teri; koʻkarishlarga moyillik; amniotik suyuqlikning prenatal yorilishi; kindik va chov churrasi.