Kobe yorugʻlik festivali ( — 1995-qyildan beri Yaponiyaning Kobe shahrida oʻsha yili sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari xotirasiga oʻtkazib kelinadigan yorugʻlik festivaliOfficial Site . Italiya hukumati shaharga 200 mingdan ortiq„Going Global“, The Gold Coast Bulletin, 2012, December 22. Retrieved on 22 February 2013. fonus-bezaklarni hadya qilgan, ularni Valerio Festi hamda Xirokadzu Imaokahttp://www.kicc.jp/ajisai/ajisai118.pdf joylashtirish bilan shugʻullangan. har bir fonus qoʻlda boʻyalgan„Japanʼs Most Famous Festival of Lights“ , My Modern Met, 2012, November 7. Retrieved on 22 February 2013., festivalni oʻtkazish uchun elektr energiyasi bioyoqilgʻidan olinadi.
Yoritish ikki haftalar davom etadi va har kuni oqshomda bir necha soatga yoqiladi. Odamlar minglab koʻplab fonuslarning porlashidan bahramand boʻlishi uchun asosiy koʻchalar toʻsib qoʻyiladi. Yorugʻlik festivaliga har yili uch milliondan besh milliongacha odam tashrif buyuradiKobe Luminarie 2012, bu vaqt davomida shahar xayriyalardan taxminan 1,3 million dollar, reklama va savdodan 6,1 million dollarga yaqin daromad oladiGates, C. „Leading lights“, The Press, 2011, April 29. Retrieved on 22 February 2013..
Tashkilotchilarning fikriga koʻra, Yorugʻlik festivali sayyohlarni vayronalarga aylangan Kobe shahriga qaytarishi kerak edi. Haqiqatda ham bu festival sayyohlar oqimi oʻsishining sabablaridan biri boʻldi„Recovery of japan tourism“, McClatchy - Tribune Business News, 2012, Jully 02. Retrieved on 22 February 2013..
Ramzlari Buyuk Xanshin zilzilasi 1995-yil 17-yanvarda sodir boʻldi. Tabiiy ofat 6000 dan ortiq inson hayotiga zomin boʻldi va 100 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirdi. Zilziladan soʻng elektr quvvati yetarli boʻlmagani bois odamlar zulmatda yashashga majbur boʻldi. Fonus tasviri esa umid va tiklanish timsoliga aylandi. Dastlab, festivalni bir marta oʻtkazish rejalashtirilgan edi, lekin u aholi orasida ommalashib ketdi va mahalliy aholining iltimosiga binoan har yili oʻtkaziladigan boʻdi. Festival ochilish marosimida zilzila qurbonlari xotirasi ibodat ham qilinadi.
2011-yili tashkil etilgan festivalda Buyuk Sharqiy Yaponiya zilzilasi qurbonlari uchun mablagʻ yigʻish maqsadida xayriya koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Keyingi yili festival fonuslari zarar koʻrgan Toxoku hududida yashovchi bolalar chizgan rasmlardan yasaldi.
Mehmonlar 2004-yildan beri festival tashkilotchilarining sayyohlar soniga doir maʼlumotlari<div style="float:left">
Yil Mehmonlar soni 2004 5 383 000 2005 4 358 000 2006 4 650 000 2007 4 043 000 2008 3 755 000 2009 3 650 000 2010 3 434 000 2011 3 421 000 2012 3 401 000
Manbalar