right|thumb| Jamiyatning geologik ekskursiyalari, 1897-yil Amerika Geologiya Jamiyati (, GSA) — 1888-yilda Qoʻshma Shtatlarda tashkil etilgan geologik jamiyat.

1930-yillardan u xorijiy aʼzolarni ham qabul qila boshlagan va xalqaro jamiyatga aylangan.

Tarixi Jamiyatga 1888-yilda Nyu-Yorkning Itaka shahrida Aleksandr Uinchell, Jon Stivenson, Charlz Xichkok, Jon Prokter va Edvard OrtonEditor (26 August 1938) „The Semi-Centennial Meeting of the Geological Society of America“ Science (New Series) 88(2278): p. 183Eckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 79, tomonidan asos solingan, 1967-yildan boshlab esa 3300 Penrose hududi, Boulder, Kolorado, AQSh manzilida joylashganEckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 79, .

Dastlabda jamiyatning 100 ta aʼzosi boʻlgan, birinchi prezident Jeyms Xoll sanalgan.

1930-yillarga qadar u juda sekin rivolangan (600 aʼzoga qadar), keyin esa homiylar tufayli aʼzolar soni koʻpayib ketgan va xalqaro jamiyatga aylangan.

2017-yil dekabr holatiga koʻra, jamiyatning 100 dan ortiq mamlakatlardan 25 000 dan oshiq aʼzosi bor.

Jamiyat Shimoliy Amerikada oltita mintaqaviy boʻlimga, qiziqishlarga koʻra uchta intizomiy guruhga va 18 ta maxsus boʻlinmaga egaEditor, 2017, GSA Divisions: GSA Today, v. 27, no. 8, p. 21-24..

Faoliyati Jamiyat „Yer haqidagi fanlarga oid tadqiqotlarni ragʻbatlantirish va yangi kashfiyotlarni targʻib qilish, shuningdek, jamoatchilik va ushbu fanlar bilan bogʻliq kasblarga xizmat qilish maqsadida“ tashkil etilgan.

Faoliyatining asosiy yoʻnalishi ilmiy konferensiyalar oʻtkazish va ilmiy adabiyotlar nashr etish hisoblanadi,Amerika Geologiya Jamiyati (1889-yildan nashr etiladi) va Geologiya (1973-yildan nashr etiladi) axborotnomalari ana shular sirasiga kiradi. 2005-yilda jamiyat "Geosfera " onlayn jurnalini taqdim etdi va 2009-yil fevral oyida „Litosfera“ ga onlayn kirish imkoniyatini ochdi. AGJ shuningdek, seriyali ikkita kitob, qoʻllanmalar, xaritalar va jadvallarni nashr etib keladi. Uchinchi asosiy faoliyat turi -magistratura talabalari uchun ilmiy grantlar taqdim etish hisoblanadiEckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 121, . 2006-yilda jamiyat global iqlim oʻzgarishi haqidagi bayonotni qoʻllab-quvvatladi.

Yillik konvensiyalar Jamiyatning soʻnggi qurultoylari:

2017-yil, Sietl, Vashington, 22-25-oktabr; 2016-yil Denver, Kolorado, 25-28-sentabr; 2015-yil, Baltimor, Merilend, 1-4-noyabr; 2014-yil, Vankuver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada: 19-22-oktabr.

Jamiyat mukofotlari

„Penrose“ medali „Artur L. Deya“ medali „Meinzer“ mukofoti „Brayan Kirk“ mukofoti „G K Gilbert“ mukofoti Florens Baskom Geologiya tarixi va falsafasi sohasidagi xizmatlari uchun mukofot ()

Yana qarang

Amerika Geologiya Jamiyati prezidentlari Amerika Geologiya Jamiyati a'zolari

Manbalar

Havolalar

Turkum: geologik jamiyatlar Turkum:AQSh ilmiy jamiyatlari Turkum: 1888-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum: geologiya tarixi