Olimjon Masaliyevich Ashirov (1955-yil 25-yanvar; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1979-yil 11-avgust, Dneprodzerjinsk, Ukraina SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Toshkent shahridagi G.Titov nomidagi ROZM tarbiyalanuvchisi boʻlgan. U butun faoliyatini Toshkentning „Paxtakor“ tarkibida oʻtkazgan. 1979-yil 11-avgustda u Dneprodzerjinsk osmonida samolyot halokatida oʻz jamoasi bilan fojiali ravishda vafot etdi. Samolyot halokati sabab vafotidan keyin SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi.
Ashirov „Paxtakor“dagi butun faoliyati davomida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan.
Vafot etgan jamoa aʼzolarining bir qismi bilan birga u Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan va ushbu qabristonda ularning sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan.Memorial zemlyakov
Vafotidan keyin 2006-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlanganUkaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan „O nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, osobo otlichivshixsya v dele razvitiya futbola v Uzbekistane v svyazi s 50-letiem obrazovaniya futbolnoy komandi „Paxtakor““ ot 25-maya 2006 goda № UP-3754.
Yutuqlari SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1972-yil SSSR Birinchi ligasi kumush medali sovrindori: 1977-yil SSSR Birinchi ligasi bronza medali sovrindori: 1976-yil
Manbalar
Havolalar
Профиль на сайте FootballFacts.ru Профиль и статистика на базе сайта football.lg.ua
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar