„Polkovniku nikto ne pishet“ (, yaʼni „Pokovnikka hech kim yozmaydi“) — „Bi-2“ rus va belarus rok musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning ayni nom bilan 2000-yil eʼlon qilingan ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq 2000-yilda „Zolotoy grammofon“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2001-yil „Fuzz“ jurnali tuzgan yilning eng yaxshi qoʻshiqlari orasida eng yuqori beshtalikka kirgan.

„Polkovniku nikto ne pishet“ „Brat 2“ rus filmi saundtrekiga kiritilgan. Buning ortidan guruhga keng shuhrat olib kelgan. Film saundtrekiga „Polkovniku nikto ne pishet“ qoʻshigʻidan tashqari guruhning „Varvara“ hamda „Schastye“ qoʻshiqlari ham kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Syostri“, „Bratstvo desanta“, „Den viborov“ hamda „O chyom govoryat mujchini. Prodoljenie“ kabi boshqa filmlar saundtrekigidan oʻrin olgan.

Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel García Márquez qalamiga mansub „Yolgʻizlikning yuz yili“ hamda „Polkovnikka birov maktub bitmas“ asarlari qoʻshiq uchun asos boʻlgan. Guruh aʼzosi Yegor Bortnik (Lyova Bi-2) soʻzlariga koʻra, yoshligida u doʻsti Aleksandr Uman (Shura Bi-2) bilan Márquez asarlarini oʻqishni xush koʻrishgan. Shunday boʻlsa-da, qoʻshiq bilan roman oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻq. Bortnik ashulada shunchaki romandagi kayfiyat ifoda etilganini aytgan.

Qoʻshiqning ilk matnini Umanning amakisi Mixail Karasyov yozgan. Matnni Bortnik tubdan oʻzgartirgan va faqat naqoratdagi „Polkovnikka hech kim yozmaydi, polkovnikni hech kim kutmaydi“ () misralarini saqlab qolgan. Qoʻshiq Uman va Bortnik Melburn shahrida yashayotgan paytda yozilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Bi-2 qoʻshiqlari Turkum:2000-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar