Turkum:Stadionlar Saitama Stadium 2002 (yaponcha: 埼玉スタジアム2002, Saitama Sutajiamu Nimarumaruni), koʻpincha Saitama Stadium (yaponcha: 埼玉スタジアム, Saitama Sutajiamu) yoki oddiy qilib Saisuta (yaponcha: 埼スタ) deya ataluvchi futbol stadioni Yaponiyadagi Saitama prefekturasi, Saitama, Midori-kuda joylashgan.

Hozir J1 League musobaqasining Urawa Red Diamonds klubining uy oʻyinlari stadioni hisoblanadi. Ushbu oʻyingoh Yaponiyadagi eng katta stadion va Osiyodagi eng katta stadionlardan biri sanaladi"FIFA". fifa.com. Retrieved 2021-08-30.https://www.pref.saitama.lg.jp/oly-para/eng/overview/venues/stadium2002.html . Information from Saitama Prefecture for the Tokyo 2020 Olympic and Paralympic Games!. Retrieved 2021-08-30..

Stadion 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati yarim finaliga, 2020-yilgi Yozgi olimpiya oʻyinlarining futbol musobaqasiga mezbonlik qilgan.

Saitama Stadium 2002 stadionidan, shuningdek, deyarli har bir FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarida Yaponiya milliy futbol jamoasining uy stadioni sifatida ham foydalaniladi.

Joylashuv Stadion Saitama temiryoʻlining Urawa-Misono bekatidan 15-20 daqiqalik piyoda yoʻl masofasida joylashgan.

Tarixi Stadion Azusa Sekkei tomonidan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun qurilgan, qurilish 2001-yil sentabr oyida yakunlangan. Stadion 63,700 kishini sigʻdiradi, biroq alohida sabablarga koʻra, liga oʻyinlarida 62,300 kishini qabul qiladi.

Saitama stadionida 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatining toʻrt oʻyini boʻlib oʻtgan, jumladan, Yaponiya milliy terma jamoasining Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyiniga mezbonlik qilgan.

2005- va 2007-yillar oraligʻida Urawa Red Diamondsning mahalliy derbi raqibi Omiya Ardija oʻz uyi Omiya Park futbol stadioni kengaytirilganligi sababli Urava Komaba jamoasi bilan birga bu yerda oʻz oʻyinlarini oʻtkazib turgan.

2002-yilgi FIFA Jahon chempionati Stadion 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan joylardan biri boʻlgan va quyidagi oʻyinlarni oʻtkazgan:

Xususiyatlar alt=Puzzle globe logo|thumb| 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Yaponiya va Avstraliya oʻyini – OFK 4-tur. thumb| 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari

Bino maydoni: 54 420 m² Umumiy maydoni: 62 674 m² Yopiq maydoni: 29 000 m²

Manbalar

Turkum:Yaponiya stadionlari