"Wind of Change" () – Scorpions guruhi vokalisti Klaus Meine tomonidan yozilgan eng mashhur qoʻshiqlardan biri. Qoʻshiq oʻtgan asrning 80-yillarida Sobiq Ittifoqda boʻlib oʻtgan qayta qurish davriga hamda sovuq urushning tugashiga bagʻishlangan. Qoʻshiqning ingliz, ispan hamda rus tillaridagi talqinlari mavjudScorpions single Wind Of Change (Russian) – www.the-scorpions.comScorpions – Veter Peremen – discogs.com
Tarixi Qoʻshiq 1990-yilda Crazy World albomida chiqdi.
Qoʻshiqning yozilishiga Klaus Meinening 1988 va 1989-yillarda SSSR tashrifi turtki boʻldi.
2007-yilda Meine qoʻshiqning paydo boʻlish tarixini aytib beradi. 1989-yilda Lujniki oʻyingohida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgaan konsert oldidan guruh aʼzolari boshqa qoʻshiqchilar bilan Gorkiy hiyobonida jotlashgan, musiqachi Stas Naminga tegishli tamaddixonaga tashrif buyurishadi. Daraxtlarga oʻrnatilgan ovoz kuchaytirgichlarda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya vakillarining qoʻshiqlari yangrar, atrof musiqachilar, jurnalistlar, sovet askarlari bilan gavjum edi. Barchani „bir til – musiqa“ birlashtirgan edi. Manashu muhitda qoʻshiq dunyoga keldi
Qoʻshiqning taqdimotidan bir yil avval Berlin devori buzib tashlanishi, keyinchalik Sobiq Ittifoq parchalanishi bu qoʻshiqning Qayta qurish davri gimni boʻlishiga sabab boʻldi. Guruh aʼzolaridan biri Rudolf Schenker: „nemislarning qoʻlida qurol bilan emas, gitara va roknroll bilan bordigan avlodi voyaga yetdi“ degan edi
2005-yilda Germaniyaning ZDF telekanali muhlislari qoʻshiqni „Asr qoʻshigʻi“ deya baholashdi. Qoʻshiq ikki Germaniyaning birlashish gimni sifatida mashhur. U koʻpincha Berlin devori qulashi xronikalarida yangraydi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Las Vegasdagi konsertda Klaus Meine qoʻshiqning birinchi „I follow the Moskva down to Gorky Park“ (tarjimada: Men Moskva daryosida Gorkiy hiyoboniga ketaman) soʻzlarini „Now listen to my heart, it says Ukraine“ („Endi meni yuragimni tingla, u Ukraina deyabti“) soʻzlariga oʻzgartirib kuyladi
Manbalar
Turkum:Scorpions qoʻshiqlari Turkum:1990-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar