Sabih ( [saˈbich]) — bu isroil oshxonasi taomidir. U qovurilgan baqlajon, qattiq qaynatilgan tuxum, katsuz salati, petrushka, mango solingan amba va tahini sousi bilan toʻldirilgan pita yoki laffu. en]. Sabih ingredientlari anʼanaviy Iroq tez pishar nonushtasiga asoslangan. Sabih butun Isroil boʻylab koʻplab restoran va gazakxonalarda tayyorlanadi. Bu mashhur koʻcha taomidir.
Etimologiyasi Sabih ismining kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar mavjud.
Koʻpchilik buni Ramat Gan shahridagi restoranni boshqargan Iroqlik yahudiy Sabih Zvi Xalabiy bilan bogʻliq, taomni shu inson kashf etgan deb hisoblaydi„אין כמו, אין כמו עמבה: מדריך הסביח — מדן ועד אילת“, ynet, 12.11.06.
„Sabih“ soʻzi arabcha [sˤaˈbaːħ] „tong“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, chunki bu taomning ingredientlari Iroq nonushtasiga xosdir„אין כמו, אין כמו עמבה: מדריך הסביח — מדן ועד אילת“, ynet, 12.11.06.
Boshqa bir nazariyaga koʻra, „sabih“ ibroniycha „salat, beyza, yoter xatsil“ soʻzlarining qisqartmasi () bolib, bu „salat, tuxum, koʻproq baqlajon“ degan maʼnoni anglatadi. Bu, ehtimol, yumoristik talqin backronim boʻlishi mumkin.
Tarixi Sabih sendvichi gʻoyasi, ehtimol, Isroilga 1940 va 1950-yillarda qochqin sifatida kelgan iroqlik yahudiylar tomonidan olib kelingan. Iroqlik yahudiylarning ertalab, nonushta tayyorlashga vaqt boʻlmaganida, oldindan tayyorlab qoʻyilgan qovurilgan baqlajon va qattiq qaynatilgan tuxumni lavash xamiriga oʻralgan holda yoki qaynatilgan kartoshka bilan sovuq holida isteʼmol qilishgan. Baqlajon bir kecha avval tayyorlab qoʻyilgan.
Isroilda bu ingredientlar bora-bora tezpishar taom sifatida mashhur boʻldi. Aytilishicha, bu taom Isroilda birinchi marta 1961-yilda Ramat Gan shahridagi Uziel koʻchasidagi kichik kioskda sotilganWalla News 2007. 2020-yilda muassasaning hozirgi joylashgan joyiga tutash hudud „Sabiha maydoni“ deb nomlandi.
Non yoki lavash xamiri boʻlmagan variant Sabih salati deb ataladi ().
Ingredientlar Sabih anʼanaviy ravishda lavash xamiriga oʻrab beriladi. Uning tarkibida qovurilgan baqlajon boʻlaklari, qattiq qaynatilgan tuxum, tanixi sousi (tahini, limon sharbati va sarimsoq), isroil salati, mayda tugʻralgan petrushka va amba sousini mavjud boʻladi. Baʼzi versiyalarda qaynatilgan kartoshka ishlatiladi. Tuxumlardan anʼanaviy tarzda xaminado pishiriladi ular asta-sekin cholenda jigarrang boʻlguncha qizdiriladi. U yoki bu gazakxonaning ixtiyoriga koʻra, taomga ziravor sifatida yashil yoki qizil sxug qoʻshilishi va usti toʻgʻralgan piyoz bilan bezatilishi mumkin.
Galereya
Yana qarang
Yahudiy oshxonasi Yaqin Sharq oshxona
Manbalar
Turkum:Isroil oshxonasi Turkum:Ko‘cha taomlari Turkum:Baqlajonli taomlar