Antiy ( , ) — Rim mifologiyasi qahramoni, baʼzi versiyalarga koʻra, Rimga asos solinishi haqidagi afsonaning asosiy ishtirokchisi.
Afsona Antiy sehrgar Kirka (lotincha talqinda — Sirse) va oqpadar Odisseyning uchta oʻgʻlidan biri edi. Uning ukalari Rom va Ardey boʻlib, ularning har biri Rimdagi yirik shaharlarga (Rim va Ardeyga) asos solishganIrad Malkin. The Return of Odysseus: Colonization and Ethnicity. University of California Press, 1998. — 370 p.. Ushbu afsona Rim asoschilari boʻlmish Romul va Rem haqidagi afsonaga juda oʻxshab ketadi. Qadimgi manbalarga koʻra, Tirren dengizi sohilida, Rimdan 70 km janubda joylashgan AntiyAnsio . Slovar izobrazitelnogo iskusstva. — 2004—2009. (yoki Antium) shahriga aynan Antiy tomonidan asos solingan. Shahar oʻz nomini ham mana shundan olganStefan Vizantiyskiy. Άντεία.. Ayni vaqtda shahar Antsio deb ataladi.
Antiyga asos solinishi haqidagi afsona yunon tarixchisi KsenagorningErich S. Gruen. Culture and National Identity in Republican Rome. Cornell University Press, 1992. — 347 p. asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Ksenagorning qachon yashab oʻtgani nomaʼlum. Aftidan, u oʻz asarini Antiy shahri allaqachon Rim bilan tenglashib olgan va bitta darajada turgan vaqtda yozgan.
Antiyning haqiqiy hikoyasi Darhaqiqat, Antiy dastlabda Latsiy hududida hayot kechirgan qadimgi xalq — volskilar poytaxti boʻlgan. Antium anchagina mustahkam va himoyalangan shahar edi. Miloddan avvalgi V asrda Volko-Rim urushlari boʻlib oʻtgani maʼlum. Miloddan avvalgi 468-yilda.volski xalqi magʻlubiyatga uchragan, shundan soʻng rimliklar Antiumga shaharni Rimga moslashtirish uchun kolonistlarni yuborganSaskia T. Roselaar. Process of Integration and Identity Formation in the Roman Republic. BRILL, 2012. — 416 p.. Rim imperiyasi davrida shahar Rim patrisiylari uchun hashamatli villalar quriladigan maydonga aylangan, bu yerda Asklepiy va Fortuna ibodatxonalari ham qurilgan.
Zamonamiz olimlarining fikricha, qadimgi solnomalarda Antiyning Rim bilan tenglashtirishi oʻsha davrlarda, Rim va Ardey bilan bir qatorda Antiumning ham aka-ukalar tomonidan asos solingan uchta shahardan biri boʻlgani bilan bogʻliqJames H. Richardson, Federico Santangelo. The Roman Historical Tradition: Regal and Republican Rome. Oxford University Press, 2014. — 372 p..
Manbalar
Havolalar
Uilyam Smit (tahrir.). Yunon va Rim tarjimai holi va mifologiyasi lugʻati. Turli yozuvchilar tomonidan. Enn Arbor, Michigan: Michigan universiteti kutubxonasi, 2005-yil. Turkum: Rim mifologiyasi Turkum: Rim afsonalari qahramonlari Turkum: shahar Eponimlari Turkum:yaqin afsonalar