Shavkat Fozilovich Abdusalamov (1936-yil 28-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek, sovet va rus rassomi, aktyor, yozuvchi, rejissor.
Tarjimai hol Shavkat Abdusalomov 1966-yilda UDKI (Umumrossiya davlat kinematografik instituti)ni tamomlagan. Andrey Tarkovskiy, Elem Klimov, Ali Hamroyev filmlarida postanovkachi-rassom sifatida faoliyat olib borgan. A.Hamroyevning „Maʼbuda“, „Tansoqchi“ filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Oʻzining ilk shaxsiy koʻrgazmasini 1972-yilda ochiladi, ammo suratlarning koʻpi diniy mavzuda boʻlgani bois bir zumda yopiladi"Феллини нет, Тарковского нет, Антониони снимать уже не будет, пусть снимает Шавкат...". Abdusalomovning chizgan suratlar Tretyakov galereyasida, AQSHdagi Nensi va Norton Dodjlar kolleksiyasida saqlanadi. 2000-yilda Shavkatning „Yakkashoh“ romani Rossiya Buker mukofotining katta roʻyxatiga kiritilgan. 2002-yilda rassom rejissor sifatida „Bayruda“ filmini suratga oldi.
Abdusalomovga siz oʻzizni qaysi kasbda koʻrasiz rassom, yozuvchi, rejissormi degan savolga shunday javob beradi: "Men hozir kimman?.. Odamlarni va hayvonlarni sevadigan odam... Hayvonlarni tushunadigan, odamlarni tushunishga harakat qiladigan odam... ".
1920—2012-yillarda bir necha bor Moskvada boʻlgan Tonino Gerra Shavkat Abdusalomovni ustaxonasiga tashrif buyurgan uning asarlari va butun hayot falsafasiga yuqori baho berganПространство Шавкат.А.
Koʻrgazmalari 2005-yil 9-dekabrdan 2006-yil 22-yanvargacha Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyida Sh.Abdusalomovning „Shavkat-A makoni“ koʻrgazma ishlari boʻlib oʻtdi, u ham shu nomdagi albom chiqishiga turtki boʻldi.
Filmografiyasi
Rassomlik ishi
1966-yil — oppoq-oppoq laylaklar 1966—1967-yillar — Yuras Bratchikning hayoti va yuksalishi 1971-yil — Rustam haqida afsona 1974-yil — Ozor 1976-yil — Siyovush haqida afsona 1979-yil — Daydi (akkreditasiya qilinmagan) 1979-yil — Maʼbuda 1979-yil — Tansoqchi 1983-yil — Qobulda saraton yozi 1987-yil — Yo ketmoq, yo qolmoq 1988-yil — Tornado 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam 2002-yil — Kostroma 2002-yil — Bayruda 2004-yil — Toʻrt; Aktyorlik faoliyati
1974-yil — Daydi 1979-yil — Tansoqchi - Fottabek (Oleg Yankovskiy ovozida) 1979-yil — Maʼbud 1979—1984-yillar — Olovli yoʻllar - Umid 1987-yil — Inqilob vakili 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam 2004-yil — Toʻrt 2007-yil — Uchinchi osmon; Mualliflik ishi
2002-yil - Bayruda (Takvash taxallusi bilan); Rejissor
2002-yil – Bayruda (Takvash taxallusi bilan)
Adabiyotlar
Отшельник Такваш. Единорог. Из тетрадей скитальца по межконтинентальному пейзажу. — М. : Фонд „Лики культур“, 1999. — 336 с. — 1000 экз. — ISBN 5-901222-01-6.
Havolalar
Life Line / Shavkat Abdusalamov / tvkultura.ru Архивная копия Shavkat Abdusalamov Zamonaviy san'at galereyasida Архивная копия Shavkat Abdusalomov. Lokomotivning qichqirigʻi Архивная копия Shavkat maydoni. 2017 yil Архивная копия Shavkatning ajoyib dunyosi Архивная копия Elena Shiroyan. Gilamdagi naqshlar Shavkat Abdusalomov Milliy kino ensiklopediyasida (mavjud havola)
Manbalar
Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:28-aprelda tugʻilganlar