Eiza González (; 1990-yil 30-yanvar) — meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi.

Tarjimayi holi Eiza González 1990-yil 30-yanvarda Mexiko shahrida tugʻilgan. Onasi meksikalik sobiq model Glenda Reyna. 12 yoshida Gonzálezning otasi Carlos González avtohalokatdan vafot etadi. Gonzálezning bitta akasi bor. 2003-yildan 2006-yilgacha González turli aktyorlik va teatr kurslarida taʼlim oladi.

González ikki tilda (meksikancha va inglizcha) taʼlim beruvchi ikki xususiy maktabda — „Edron Academy“ va „American School Foundation“ maktablarida oʻqigan. 2003-yildan 2004-yilgacha Eiza Patricia Reyes Spindola tomonidan boshqariladigan M&M studiyasida aktyorlik boʻyicha tahsil oldi. 14 yoshida González „Televisaʼs Centro de Educación Artística“ aktyorlik maktabiga qabul qilinadi, u yerda 2 yil oʻqiydi. 2008-yilda González New Yorkdagi Lee Strasberg aktyorlar studiyasida qatnashadi.

Faoliyati González aktrisa sifatida ilk marotaba 2007-yilda Lola, érase una vez serialida suratga tushgan. 2008-yil oxirida aktrisa EMI Televisa bilan shartnoma imzolaydi, natijada González xonanda sifatida oʻzining „Contracorriente“ ilk musiqiy albomini dastlab Meksikada, keyin esa AQShda chiqarishga erishadi.

González Always (2007-2008), Avon (2008-2009), Neutrogena (2015) reklama roliklarida suratga tushgan. Aktrisaning surati Glamour va Cosmopolitan jurnallarining meksikancha versiyalari muqovasida tez-tez chop qilingan. 2008-yilda González TVyNovelasning eng yaxshi ayol roli nominatsiyada gʻoliblikni egallagan.

2010-yilda González bosh rolni oʻynagan Sueña conmigo myuziklli teleserialning premyerasi boʻlib oʻtdi. Serialning mashhurligi tufayli 2011-yilning mart va iyul oylarida serial aktyorlari bilan birga butun Argentina boʻylab konsertlar berishiga sabab boʻldi.

2012-yil 5-iyun kuni Gonzálezning ikkinchi musiqiy albomi „Te Acordarás de Mí“ raqamli formatdada chiqarildi. Albom Meksikaning Top 100 chartida 66-oʻrinni va AQShdagi Billboardning Lotin Amerikasi pop-albomlarida chartida 14-oʻrinni egalladi.

2014-yilda aktirsa ishtirok etgan Casi Trienta komediyasi dunyo ekranlarida namoyish etildi. 2014-yildan 2016-yilgacha González From Dusk till Dawn: The SeriesʻFrom Dusk Till Dawnʼ Adds to Cast as El Rey Launch Nears serialida, 2017-yilda esa Edgar Wrightning Baby Driver jangovar komediyasida rol oʻynaydi.

2018-yilda González ishtirokidagi Robert Zemeckisning Welcome to Marwen fantastik dramasining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. 2019-yilda González Paradise Hills fantastik melodramasida Amarna rolini oʻynadi. Bundan tashqari, oʻsha yili Alita: Jasur farishta filmi chiqadi, unda aktrisa Nissiana rolini oʻynadi.

2019-yildan 2020-yilgacha boʻlgan davrda aktrisani Hobbs & Shaw, Bloodshot va Firibgar ayol kabi yirik filmlarda ham koʻrish mumkin.

2021-yilda Godzilla Kongga qarshi fantastik jangari filmi chiqib, ushbu kinoda González bosh rollardan birini ijro etadi.

Shaxsiy hayoti 2011-yildan 2013-yilgacha González meksikalik tadbirkor Pepe Diaz bilan uchrashgan. González, shuningdek, aktyorlar Sebastyan Rulli, Liam HemsworthMiley will not be pleased! Liam Hemsworth pictured with Mexican beauty Eiza Gonzales AGAIN after their wild weekend in Vegas… the same day he confirms split with Cyrus va futbolchi Cristiano RonaldoEIZA DOES IT Is this stunning Mexican actress Eiza Gonzalez Cristiano Ronaldoʻs new girlfriend? bilan munosabatlar oʻrnatgan, deyiladi. 2018-yilda aktyor Josh Duhamel bilan uchrashadiGetting Steamy! Josh Duhamel and Eiza Gonzalez Lock Lips While Vacationing Together in Mexico. 2020-yilning iyun-iyul oylarida González amerikalik aktyor Timothée Chalamet bilan uchrashgan.

Filmografiyasi Film Yil Nom Rol Izohlar 2008 Horton Hears a Who! Jessica Quilligan (ovoz bergan) Latin American Spanish (dublyaj) 2013 The Croods Eep Crood (ovoz bergan) Latin American Spanish (dublyaj) 2014 Casi Trienta Cristina 2015 Jem and the Holograms Sheila „Jetta“ Burns 2017 Baby Driver Monica „Darling“ Castello 2018 Welcome to Marwen Caralala2019 Paradise Hills Amarna Alita: Battle Angel Nyssiana Sheʼs Missing Jane Hobbs & ShawMagarita / Madame M2020 Bloodshot Katie/KT Cut Throat City Lucinda Valencia I Care a Lot Fran2021 Godzilla vs. Kong Maia Simmons Spirit Untamed Milagro Navarro-Prescott (ovoz bergan) Love Spreads Patricia 2022 AmbulanceCam Thompson

Teleserial Yil Nom Rol Izohlar 2007-2008 Lola, érase una vez Dolores „Lola“ Valente 224 qism 2008-2009 Mañana es para siempre Cecilia Acosta de Elizalde 2009 Mujeres asesinas Gabriela Ortega Episode: „Tere, Desconfiada“ 2010-2011 Sueña conmigo Clara Molina / Roxy Pop 150 qism 2012-2013 Amores verdaderos Nikki Brizz Balvanera 181 qism 2014-2016 From Dusk till Dawn: The Series Santanico Pandemonium 30 qism TBA Extrapolations Elodie TBA The Three-Body Problem

Diskografiyasi Contracorriente (2009) Te Acordaras de Mi (2012)

Manbalar

Havolalar

Eiza González rasmiy sayti

Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:30-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Meksikalik qoʻshiqchilar Turkum:Meksikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar