Toʻrt fasl () — bu toʻrt qismga boʻlingan, har biri yilning maʼlum faslini ifodalovchi toʻrt xil masalliqli italyan pitsasi . Artishok bahorni, pomidor yoki rayhon yozni, qo‘ziqorinlar kuzni, vetchina, proshutto va zaytun donalari esa qishni anglatadi . Italiyada oʻta mashhur boʻlgan bu pitsa mamlakatning „klassik“ va „mashhur“ pitsasi deya taʼriflanadi . U kaprichoza pitsasining variantlaridan biridir.

Tayyorlanishi Pizza xamiri ustiga pomidor qaylasi surtiladi va koʻz bilan taxminan toʻrt qismga boʻlinadi. Har bir qism ustiga qoʻziqorin, artishok (yangi pishirilgan yoki konservalangan), pomidor va motsarella, vetchina yoki boshqa masalliqlar qoʻyib chiqiladi. Pitsa pishgandan keyin nam tortib qolmasligi uchun baʼzi qoʻshimcha mahsulotlarni avvaldan gaz pechida quritib, namlik darajasini pasaytirib olsa ham boʻladi. Pitsaning ustki qismiga qolgan motsarella va zaytun moyini sepish mumkin. Shundan soʻng pitsa pishirib olinadi. Tayyor pitsa boʻlaklarga boʻlinadi yoki toʻrt qismga ajratiladi. „Toʻrt fasl“ pitsasini vegetarianlar uchun ham tayyorlash mumkin, buning uchun vetchinavegetariancha varianti bilan almashtiriladi.

Manbalar

Manbalar

Pizza / muharrir A. Bratusheva M .: EKSMO, 2014. — P. 24 (Toʻrt fasl) Italiya. Oziq-ovqat va Dolce Vita / Sofi Braimbridge, Jo Glynn. — M.: Eurobuks, 2011. — 296 b. — 165-bet (Pitsaning toʻrt fasli) Turkum: Italiya oshxonasi Turkum: Pizza