thumb|Goʻshtli sovuq borshch
Sovuq borshch — rus va ukrain oshxonasininggastronom.ru: Xolodniy borщ so svyokloy qizil lavlagi solib, asosan yoz mavsumida tayyorlanadigan sovuq sabzavotli shoʻrvasi. Yilning issiq mavsumida tanovul qilinishi bilan mashhur. Rossiyada sovuq borshch mamlakat janubida, tarixan kvas deyarli ishlab chiqarilmaydigan hududlarda ommalashgan. Sovuq borshch yana bir lavlagili sovuq shoʻrva — svekolnikka oʻxshab ketadi. Sovuq borshchning yana bir namunasi — yashil karam shoʻrva kabi ismaloq va otquloqdan tayyorlanadigan taomdir.
Sovuq borshch sabzavot, kvas yoki goʻshtli qaynatmada tayyorlanadi. Odatda, sirka bilan oʻldirilgan bargli lavlagi mol goʻshti qaynatmasida va sabzi bilan alohida pishiriladi. Sovutilgan qaynatma yuzasidan yogʻi olinadi. Shoʻrvaga somoncha shaklida kesilgan yangi bodring, mayda tugʻralgan yashil piyoz, qaynatilgan tuxum, smetana va koʻkatlar qoʻshiladi. Dasturxonga tortishdan avval maydalangan shivit sepiladi. Retseptga koʻra, sovuq borshch qaynatilgan goʻsht, baliq (sevruga, osyotr, sudak, treska) yoki qisqichbaqa bilan uzatiladi.
Manbalar
Adabiyotlar