Jamila Tolegenovna Baspakova (1966-yil 15-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi, Qaragʻanda viloyati, Temirtau shahrida tugʻilgan. Qozogʻistonlik opera qoʻshiqchisi (lirik-koloratura soprano ijrochisi). 1999-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoniga, 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. 1994-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi opera-yakkaxoni sanaladi.

Tarjimai hol Jamila 1966-yil 15-yanvarda Qaragʻanda viloyatining Temirtau shahrida dunyoga kelgan.

U 1987-yil Temirtau shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlaydi.

1987-1992-yillarda Kurmangaz nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasini vokal fakultetida tahsil olib, (Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist S.G.Kurmangaliyeva professor qoʻlida) tamomlaydi.

1992-1993-yillarda (Italiya, Ozimo shahrida) sanʼat-opera akademiyasida professor Mario Melanida qoʻlida malakasini oshiradi.

Jamila Baspakova 1994-yildan shu davr mobaynigacha Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritadi.

U 2013-yildan Kurmangaz nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Repertuarlari Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri

Myuzetta (J.Puchchinining „Bogema“si) Mikaela (J.Bizening „Karmen“i) Rozalinda (I.Shtrausning „Koʻrshapalak“) Lyuchiya (g.Donitsetti „Lyuchiya di Lammermur“) Adina (G.Donitsetti „Muhabbat sharobi“) Jilda (J.Verdi „Rigoletto“) Rozina (J.Rossini „Sevillik siryulniklar“) Tomiris (A.Serkebayev „Tomiris“) Lyu (J.Puchchini „Turandot“) Violetta (J.Verdi „Traviata“) Margarita (Sh.Guno «Faust») Marfa (N.Rimskiy-Korsakov „Saroy xonimi“) Venera (R.Vagner «Tangeyzer») Oskar (J.Verdi „Maskaradli bal“) Konstansa (V.Motsart „Seralyadagi oʻgʻirlik“) Ganna (f.Legar „Quvnoq beva“) Soprano ijrosida (K.Orf „Boyern qoʻshigʻi“).

Xizmat safarlari MDH mamlakatlari boʻylab  bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan: Toshkent, Bishkek, Ashxobod, Omsk, Orenburg, Ashxobod opera teatrida, Xarkov, Qozonda. Moskvadagi Katta teatrlarda, Maslahatlar uyi zalida, Sankt-Peterburg Tavrich Saroyi, Parij-Pliyed zalida, Germaniya Bonn, Berlin, Frankfurtmayn, Gollandiya va Belgiya shaharlarining nufuzli zallarida ham kuylagan.

Yutuqlari Vokal tanlovi mukofotlari: 1991-yil K.Bayseitova nomidagi (Olmaota) Xalqaro vokalchilar tanlovi laureati.

Unvonlari 1994-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni berilgan. (1994-yil 26-mayda)УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О НАГРАЖДЕНИИ ГРУППЫ УЧАСТНИКОВ ДНЕЙ РЕСПУБЛИКИ КАЗАХСТАН В УЗБЕКИСТАНЕ: За самоотверженный труд и высокое профессиональное мастерство, проявленные при подготовке и проведении Дней Республики Казахстан в Узбекистане, присвоить почётные звания: «Заслуженный артист Республики Узбекистан»: Баспаковой Жамиле — солистке государственного академического театра оперы и балета имени Абая. 1999-yil — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar