thumb|Bananli tort
Bananli tort — asosiy tarkibiy qismi banan boʻlgan tort. U keks yoki qatlamli tort shaklida tayyorlanishi mumkin. Bananli tortlar Xitoy, Indoneziya va Vetnam oshxonalarida tayyorlanadiTropp, B. (1982). The Modern Art of Chinese Cooking. Cookbook Library. Morrow. p. 518. ISBN 978-0-688-00566-5.Le, H. (2014). Vietnamese Food with Helenʼs Recipes:. Createspace Independent Pub. p. 158—161. ISBN 978-1-5005-2971-0..
Tayyorlanishi Bananli tort asosiy ingredienti — banandan foydalanib tayyorlanadi. Bu tortlar uchun un, shakar, tuxum, sariyogʻ yoki margarin va soda ham ishlatiladiBrass, M.; Brass, S.; Ryan, A. (2015). Baking with the Brass Sisters. St. Martinʼs Press. p. 64-66. ISBN 978-1-250-06435-6. Retrieved April 20, 2016.. Bananlarni oshxona kombayni yoki mikser yordamida pyure qilib ezish va xamir bilan aralashtirish kerak. Tort ustini toʻgʻralgan banan boʻlaklari bilan bezatish mumkin. Bezatish sifatida ishlatiladigan bananlar qorayib qolmasligi uchun ularni kesib boʻlgandan keyin suv sepilishi kerakHeldstab, Celeste (2005). The Kitchen Grimoire Volume 4. Celeste Heldstab. p. 402. ISBN 978-0-9774722-3-9..
Bananli kremni tayyorlash uchun pishgan va yumshoq mevalarni ishlatish tavsiya etiladi. Bananli tort qovurilgan yoki haddan tashqari pishgan banandan foydalanib ham tayyorlanishi mumkin. Kremga jelatin qoʻshib tayyorlanadi. Jelatinga shishib ketguncha oz miqdorda sovuq suv quyiladi va past olovda yoki suv hammomida isitiladi.
Bananli tortga shokolad ham qoʻshilishi mumkin. Bundan tashqari, tortga toʻgʻralgan yongʻoq qoʻshishingiz mumkin. Yongʻoqlar tortning yuqori qismini bezash uchun ishlatilishi mumkinMoll, Lucy (January 1993). „A Better Banana Cake“. Vegetarian Times (No. 185): 22.. Bananli tortlarda tvorog qatlam orasi kremi sifatida ishlatilishi mumkin.
Alohida glazur tayyorlanadi, unga alkogolli ichimliklar qoʻshilishi mumkin.
Qatlamli tortni yigʻish tekis idishda quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: pastki tort qatlami qoʻyiladi, ustidan tvorogli krem surtiladi, ikkinchi tort qatlami qoplanadi. Keyin bananli pyure surtiladi, unga oxirgi tort qatlami qoʻyiladi. Tortning yon tomonlari va yuqori qismiga krem yoki glazur surtiladi. Shundan soʻng, kremi sovuqda qotishi uchun tort muzlatgichga joylashtiriladi.
Bananli tortlar qasqon qozonda pishirilishi yoki bugʻlanishi mumkin. Tayyor bananli tort nam zichlikka ega boʻlishi kerak. Uni qatlamli tort sifatida ham tayyorlash mumkin, xamiridan bananli kekslar (maffinlar, kapkeyklar) tayyorlanishi mumkin. Bananli tort vegetarian taom sifatida ham isteʼmol qilinadi.
Tort turlari
Xitoy oshxonasida thumb|250x250px| Qizil loviya pastasi bilan bananli tortlar Xitoy oshxonasida gao bananli tortlari choy bilan birga tortiladi, ammo shirinlik sifatida berilmaydi.
Bantyuoy Bantyuoy — Vetnam bananli torti yoki pudingining nomi. Tort, odatda, qasqon qozonda tayyorlanadi, puding esa pishiriladi.
Kue-nagasari Kue-nagasari — banan, guruch uni, kokos suti va shakardan iborat, Indoneziyaning bugʻda tayyorlangan mashhur bananli tortiVon Holzen, H.; Hutton, W.; Arsana, L. (1999). The Food of Indonesia: Authentic Recipes from the Spice Islands. Periplus World Food Series. Periplus Editions. p. 114. ISBN 978-962-593-389-4.Long, L.M. (2015). Ethnic American Food Today: A Cultural Encyclopedia. Ethnic American Food Today. Rowman & Littlefield Publishers. p. 294. ISBN 978-1-4422-2731-6.. Yana qarang Bananli non Banoffi pirogi — ingliz bananli pirogi. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Bananlar Turkum:Vetnam oshxonasi Turkum:Indoneziya oshxonasi Turkum:Tortlar